Dunyoda

Arab husnixati YUNESKO madaniy merosi roʻyxatiga kiritildi

© Sputnik / D. Kalinin / Fotobankka oʻtishObraztsы arabskoy kalligrafii
Obraztsы arabskoy kalligrafii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Arab husnixati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritildi.
TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. YUNESKO seshanba kuni arab husnixatini nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritdi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi 16 musulmon davlati arab husnixatini tashkilotning nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritish uchun ariza topshirdi.
"Arab husnixati - uygʻunlik, nafosat va goʻzallikni ifodalash uchun arab yozuvini ravon yozish badiiy amaliyotni namoyon etadi. Rasmiy va norasmiy taʼlim orqali oʻrgatilishi mumkin boʻlgan bu amaliyotda arab alifbosining yigirma sakkiz harfidan foydalaniladi, ular oʻngdan chapga yoziladi" - deyilgan YUNESKO saytidagi xabarda.
Bayonotda yozilishicha, xattotlik dastlab yozuv tushunarli va oʻqilishi uchun yaratilgan boʻlib, asta-sekin anʼanaviy va zamonaviy asarlarda qoʻllaniladigan arab islom sanʼatiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala