Kolumnistlar

Motamsaro sammit: Nima sababdan Bayden Rossiyaga qarshi koalitsiya toʻplay olmadi

© AFP / Chip Somodevilla / Getty Images North AmericaPrezident SSHA Djo Bayden proiznosit vstupitelnuyu rech na virtualnom "Sammite za demokratiyu" v Vashingtone, okrug Kolumbiya
Prezident SSHA Djo Bayden proiznosit vstupitelnuyu rech na virtualnom Sammite za demokratiyu v Vashingtone, okrug Kolumbiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
AQShda 110 davlat ishtirokida boʻlib oʻtgan "Demokratiya sammiti" shu qadar zerikarli va OAV nazarida "jim" oʻtdi-ki, uni demokratiya tantanasi emas koʻproq demokratiya motam marosimi deyish mumkin.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Biz sabr bilan toʻrt kun kutdik, lekin Jo Bayden maʼmuriyati oʻtgan juma va shanba kuni uyushtirgan “Demokratiya sammiti” haqida dunyo OAVlarida hech qanday shov-shuvli xabar paydo boʻlmadi. Dam olish kunlari allaqachon tugagan boʻlsa-da, ushbu “buyuk hodisa” haqida maʼlumot juda kam.
Hatto qidiruv tizimlari orqali qidirsangiz-da, 110ta davlat rahbarlari videoaloqa orqali birin-ketin demokratiyani maqtab gapirgan sammit haqida jiddiy va mulohazali maqola topilmaydi.
Buni faqat bir soʻz bilan atash mumkin – Magʻlubiyat. Ular oʻzi nima xohlagan edi? Ha, ular yana bir bor “demokratiya tirik, u hozir yana bir bor yosharib, oʻzini tiklab olmoqda” deyishmoqchi edi. Shunday deyishdi ham, lekin bunga javob – faqat sukunat boʻldi. Xulosa – demak bu sammit zerikarli oʻtgan, aytishga arziydigan hech narsa yoʻq.
Shu oʻrinda oldingi zamonlar esga tushib ketdi... Vladimir Lenin tavalludining 100 yilligini nishonlanganda barcha kommunistik davlatlar boʻylab majlislar, kontsertlar, rus milliy musiqa aspoblari ishtirokida orkestr chiqishlari boʻlib oʻtgan, mavzuga oid film va spektakllar namoyish etilgan edi. Chunki mavzu obʼyekti - dohiy shaxsi qiziqarli edi. Demokratiya esa – odam emas, shunchaki falsafa, bir totalitar eʼtiqod.
Keling endi ushbu “olamshumul voqea”dan oldin nimalar boʻlganini bir esga olaylik. Dunyo OAVlari boʻlajak voqeani oʻta maqtab, osmonlarga koʻtarib yozishgan edi. Bu bilan demokratlar oʻzlarini oʻzlari boshi berk koʻchaga kiritib qoʻyishdi. Axir tadbirga hammani chaqirsa (200ga yaqin tan olingan va olignmagan mamlakatlar) – bu BMT boʻlib qoladi. Yegar rasman demokratik deb tan olingan mamlakatlarni chaqirsa – aksariyat avtoritar dunyo orasida bir toʻda sektantlarga oʻxshab qoladi.
Oxir oqibatda 110ta davlat taklif qilindi, ularning roʻyxati juda gʻalati chiqdi. Osiyodan, masalan, mojaroli prezidentga ega boʻlgan Fillipin taklif qilingan, lekin mutlaq demokratik va “gʻarbga xayrixoh” boʻlgan Singapur taklif qilinmagan. Nega? Rossiya va Xitoyning taklif qilinmagani esa, faqat bir narsadan – AQSH yana bir bir dunyoni ikkiga ajratib tomonlar orasida nizo uygʻotmoqchi boʻlganidan darak beradi. Va ular bunga erishishdi ham.
Politico nashri yozishiga koʻra, sammitning muqobil gʻoyasi quyidagicha boʻlgan: “Bayden sammini demokratiyani qutqarib qola olmaydi. Uni tuztish uchun 18ta muqobil gʻoyalar taklif qilinadi”. Bu gʻoyaning mualliflari Rossiya va boshqa davlatlardan kelgan Liliya Shevtsova va Vladimir Milov kabi superdemokratlar.
Sammitda soʻzga chiqqan ushbu superdemokratlar – Amerikani har tomonlama tanqid qilishdi. Ularning fikriga AQSH budun dunyo boʻylab nodemokrat mamlakatlarga qarshi yetarlicha kurash olib bormayapti va ushbu kurash uchun ularga pul va aviatashuvchilar yetkazib bermayapti. Ha bular oldin ham ham eshitganmiz. Ha aytmoqchi, Baydenning oʻzi ham “demokratiyani davolashni AQShning oʻzidan boshlash kerak” dedi. Lekin nutq soʻzlash imkoni yuqori lavozimli amaldorlarga, oʻqituvchilarga emas, negadir yuqorida aytib oʻtilgan - professional demokratlarga berildi.
Aytish joizki soʻnggi yillarda dunyoda demokratiyadan “charchagan” davlatlar soni oshib bormoqda. Vaziyatni tuzatish uchun birinchi navbatda, “bemorga” tashhis qoʻyish kerak. Demak yaqinda biz Gʻarbning “d” harfidan boshlanuvchi totalitar eʼtiqodini magʻlubiyatini tan olinishini va vaziyatni tuzatish uchun biror yangi narsa oʻylab topilishi kerakligi haqida eshitamiz.
Xoʻsh aynan nima qilish mumkin? U yerda aytilgan shunchaki zerikarli gaplar zanjiri hech narsa anglatmaydi, ularga hech kim hatto iqtibos ham keltirmagan. Shunday boʻlsa-da AQSH ushbu “kontsert”ni alyansni yangilash yoʻlida yangi hodisa deb hisoblaydi. Bir yildan soʻng “kerakli” odamlar yana bir toʻplanishadi va oʻshanda aniq fikrlar, jumladan chaqirilishi kerak boʻlgan mehmonlar roʻyxati ham eʼlon qilinadi.
Hozircha esa, AQSH oʻz yetakchiligini namoyish qilish uchun sammitga tayyorlagan bir qator xalqaro dasturlar guldastasi bilan tanishamiz. Ularning ayrimlariga hatto mablagʻ ham ajratilgan. Yoppasiga ular “demokratik yangilanish boʻyicha prezident dasturi” deyiladi”.
Ular orasida “Erkin va mustaqil OAVlarini qoʻllab-quvvatlash”, korruptsiyaga qarshi kurash, islohotchi demokratlarni qoʻllab-quvvatlash, demokratiya yoʻlida axborot texnologiyalarini olgʻa surish, “erkin va odil saylovlarni himoya” qilish kabi dasturlar bor.
Shu oʻrinda oʻz oʻzidan savol tugʻiladi: oldin oʻnlab yillar davomida bu shaxslar nima ish bilan shugʻullangan? – Shu ishning oʻzi bilan. Dunyoning turli mamlakatlaridagi oʻzlariga xayrixoh boʻlgan odamlarga pul tarqatib kelishgan. Ular boʻlsa oʻz hukumatlariga qarshi axborot urushlari olib borgan. Internetda axborot urushlari olib borish, har qanday saylovni shubha ostiga qoʻyish va ho kazolar. Endi boʻlsa oʻzgarishi mumkmin boʻlgan yagona narsa – demokrat boʻlishni istagan har kimni oʻz mablagʻi evaziga ushbu siyosatni qoʻllab quvvatlashga majburlashdir. Toʻxtanglar, axir bu ish ham imkon bor joylarda hizir ham amalga oshirib kelinmoqdagʻku?
Eslatib oʻtamiz, kim boʻlishidan qatʼiy nazar hammaga demokratiyaning toʻgʻri modelini “majburlab kiydirish” ikkita ayanchli oqibatga olib keldi. Birinchidan – hozir dunyoda eng talabgir mafkura – turli koʻrinishdagi konservatizm. Uning shiori – odamlarning “miyasini chayish”ni bas qiling, ularni tinch qoʻying va oʻzlari tanlagan yoʻldan borishga imkon bering. Ikkinchidan – demokratiya degan “jevachka”ning magʻzini hamma tushunib boʻldi. Bu juda zerikarli.
Shuncha tashvish, vahima, 110ta davlatni jamlash natijasida hech narsa boʻlmadiku? Boʻshliq xolos. Hozir ulardan nima uchun yigʻilganini soʻrasangiz - oʻzlari ham bilmaydi. Natija – sammit demokratiya himoyasi emas, koʻproq uning motam marosimiga oʻxshaydigan boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala