Jamiyat

Radioaktiv chiqindilar miqdori haqida ilk bor xabar qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishZnak na dveri kabineta "Rentgen"
Znak na dveri kabineta Rentgen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Oʻzbekistonda bir necha million tonna radioaktiv chiqindilar bor, lekin radiatsiya yuqori boʻlgan hududlar yoʻq - Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda radioaktiv chiqindilar bor, lekin radiatsiya yuqori boʻlgan hududlar yoʻq, deb xabar qilishdi AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi mutasaddilari.
Ushbu radioaktiv chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida toʻplanib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud. Masalan, Qozogʻistonda — 240 mln. tonna, Qirgʻizistonda - 132mln. tonna, Tojikistonda - 42 mln.tonna.
Shu bilan birga Oʻzbekistonda radiatsiya miqdori normadan yuqori boʻlgan hududlar mavjud emas, dedi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sardorbek Yakubekov.
"Yurtimizda atrof-muhitni monitoring qilish boʻyicha maxsus dastur qabul qilingan. Dasturga asosan, ekologiya va geologiya qoʻmitalari bilan hamkorlikda kerakli monitoring ishlari olib borilmoqda. Monitoring natijalari esa yurtimizda soʻnggi yillarda radiatsiya miqdori normadan yuqori boʻlgan hududlar mavjud emasligini koʻrsatmoqda", — deya taʼkidladi mutaxassis.
Matbuot anjumanida xabar qilinishiga koʻra, Oʻzbekistonning ushbu radioaktiv chiqindilar joylashgan hududlarini ekologik sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi hamda qator davlatlarning homiyligi yordamida 2 mln yevro miqdorida birinchi grant ajratilishi boʻyicha qaror qabul qilingan.
Ushbu mablagʻlar tashkil qilingan guruh faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, hamda Yangiobod va Chorkesar shaharchasi atrofida saqlanayotgan radioaktiv chiqindilarni ekologik sogʻlomlashtirishga yoʻnaltiriladi. Jismoniy ishlar boshlanishi 2022 yilning 3 choragida kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala