Video

S-70 “Oxotnik” sunʼiy ongli zarba beruvchi - video

Sunʼiy ong yordamida S-70 “Oxotnik” jangovar vazifalarni mustaqil bajarishi, boshqa uchuvchisiz apparatlar bilan birgalikda harakat qilishi yoki 5-avlod qiruvchi samloyotidan turib boshqarilishi mumkin.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Rossiyaning ogʻir, zarba beruvchi reaktiv uchuvchisiz apparati S-70 “Oxotnik” ilk bor namoyish etildi.

"Bizning majmuamiz boshqa davlatlarning ana shunday qurollaridan koʻra ustunlikka ega. Uni “Juda koʻp axborot aniqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi tizimlarga ega boʻlgan “uchuvchi kompyuter” deb atash mumkin. S-70 “Oxotnik” sunʼiy ongga ega boʻlib, u masofadan turib boshqariladigan apparatlardan mutlaq farq qiladi", - deydi "Suxogo" mutaxassislardan biri.

Sunʼiy ong tufayli ushbu apparat oʻz oldiga qoʻyilgan jangovar vazifalarni mutaqil bajarish, boshqa uchuvchisiz apparatlar bilan birgalikda harakat qilish yoki 5-avlod qiruvchi samloyotidan turib boshqarilish imkoniga ham ega.
OKB “Suxogo” tomonidan ishlab chiqilgan ushbu uchuvchisiz apparatning oʻlchami kichik qiruvchi samolyotdek. Uzunligi – 14 metr, qanotlar kengligi – 19 metr, ogʻirligi 20 tonnadan ortiq
U turli jangovar vazifalarni bajarishi mumkin – razvedkadan boshlab nishonga aniq bomba otishgacha. Uning imkoniyatlaridan biri – raqib havo mudofaa tizimiga koʻrinmaslik xususiyatidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala