Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini ko‘paytirdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu
Linii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston elektr energiyasini qo‘shnilarga - Afg‘oniston va O‘zbekistonga eksport qildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Tojikiston yil boshidan buyon elektr energiyasi sotishdan 93,5 mln $ foyda ko‘rdi.
Respublika elektr energiyani qo‘shni davlatlar – Afg‘oniston va O‘zbekistonga yetkazib berdi. Eksport o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobarga oshdi.
Tojikiston energetika sektori ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 40,5 mln $ga oshdi.
Tojikistonda jami 18,7 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 5,7 %ga ko‘p.
Avvalroq “Barki Tojik” OAJ Afg‘oniston va O‘zbekiston elektroenergetika kompaniyalari bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, kelishuvga ko‘ra, bahor-yoz davrida O‘zbekiston va Afg‘onistonga 3 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinishi rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0