Jamiyat

Yangi 50 ming va 100 ming soʻmlik banknotalar muomalaga chiqarildi - foto

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Oʻzbekiston Markaziy bankining qiymati 50 000 soʻm va 100 000 soʻm boʻlgan pul belgilarini muomalaga chiqardi.
TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki 2021 yil 22 dekabridan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 50 000 soʻm va 100 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini maʼlum qildi.
Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yoʻli” hamda Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bagʻishlangan.
Banknotlar himoyalangan qogʻozda chop etilgan boʻlib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.
“muomalaga chiqarilayotgan yangi koʻrinishdagi qiymati 50 000 soʻm va 100 000 soʻm boʻlgan pul belgilari bugungi kunda muomalada boʻlgan 2017 yil namunasidagi 50 000 soʻmlik va 2019 yil namunasidagi 100 000 soʻmlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada boʻladi;
yaʼni, 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 soʻmlik va 100 000 soʻmlik banknotlar ham toʻlov qobiliyatini yoʻqotmaydi;
shuningdek, yangi koʻrinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada boʻlgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va aholi tomonidan oʻz qiymati boʻyicha barcha turdagi toʻlovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala