Iqtisod

Yirik shaharlarda “Dyuti fri” doʻkonlari ochiladi - prezident

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMagazin besposhlinnoy torgovli (duty free)
Magazin besposhlinnoy torgovli (duty free)  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2021
Oʻzbekistonda katta shaharlarda yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish, sayyohlar uchun suvenirlar savdosi, "dyuti fri" doʻkonlari tashkil qilish taklif qilindi.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda soliqdan ozod qilingan mahsulotlar sotish bilan shugʻulanadigan doʻkonlar ochiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni boʻlib oʻtgan, xizmatlar sohasiga bagʻishlangan majlisda aytib oʻtdi.
"Yana bir masala – Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlarda “Taks fri” tizimini joriy etish, shahar ichida “Dyuti fri” doʻkonlarini ochish orqali chakana savdo hajmini yanada oshirish mumkin. Shu bois xorijiy mehmonlarga xaridlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimini barcha turistik shaharlarda yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi. Masalan, Sergeli tumanidagi yer usti metrosi atrofida savdo va xizmat koʻrsatish sohasida 5 mingta ish oʻrni yaratish imkoniyati bor. Yoki rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan “sanʼat koʻchalari” tashkil etish mumkin.
Umuman, Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlarida xizmat koʻrsatish sohasida 750 ming ish oʻrni tashkil etish rejalashtirilgan. Kelgusi yilda xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga 500 million dollar ajratilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala