Jamiyat

Ana boʻlmasam: qanday mahsulotlar tromboz keltirib chiqaradi?

© Sputnik / Fotobankka oʻtishZelen
Zelen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, bu mahsulotlarni isteʼmol qilganda trombozlar kelib chiqish xavfi 20 martaga koʻpayadi.
Vrach-immunolog Andrey Prodeus tromboz (tomirda qonning ivib qolishi) keltirib chiqishga sabab boʻluvchi 3ta mahsulotni aytdi.
Unga koʻra, venalarning varikoz kengayishi, kam harakatlilik va yurak qon tomir kasalliklaridan aziyat chekayotgan keksalarda trombozlar kelib chiqish ehtimoli yuqori.
Bunday insonlarga qon ivishini yaxshilaydigan, K vitaminiga boy boʻlgan mahsulotlardan voz kechish tavsiya qilinadi.

“Uchta mahsulot - petrushka, ismaloq va rayhon. Bular orasida petrushka mutlaq chempion: 100 gramm petrushkada 20 sutkaga yetadigan vitamin K mavjud. Rayhon va ismaloqda esa 7-6 sutkaga yetadigan vitamin K bor” - deya shifokorning soʻzlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Vrach Yelena Malыsheva ham Prodeus fikriga qoʻshildi. Uning soʻzlariga koʻra, ateroskleroz, varikoz bilan ogʻriganlar va antikoagulyantlar (trombozlarga qarshi dori vositalari) isteʼmol qiladigan insonlar petrushka, rayhon va ismaloqdan butunlay voz kechishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala