Hodisalar

Denovdagi portlash: 3 kishi qamoqqa olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSledstvennыy izolyator, arxivnoye foto
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Denov shahar gaz boʻlimi boshligʻi va Hududgaz Surxondaryo gaztaʼminotining 2 nafar xodimiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Denovdagi savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash hodisasi boʻyicha tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 15 dekabr kuni Denov shahar gaz boʻlimi boshligʻi, Hududgaz Surxondaryo gaztaʼminotining 2 nafar xodimlari jami 3 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 116, 214-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar qildi Bosh prokuratura.
Denov shahri markazidagi ikki qavatli “Indenim” savdo majmuasida 7 dekabr kuniga oʻtar kechasi portlash sodir boʻlgan edi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 9 kishi jarohatlanib, 2 kishi halok boʻlgan. Portlashdan 65 ta uy zarar koʻrgan, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala