Is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

© Sputnikkomnata imtiruyushaya pojar pri pomoshi 3d-trenajera
komnata imtiruyushaya pojar pri pomoshi 3d-trenajera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu yilda O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 125 kishi vafot etgan.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda is gazidan zaharlanish, isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in va boshqa baxtsiz hodisalar kelib chiqishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘lmoqda.
“Hududgazta’minot” AJ xabariga ko‘ra, 2021-yil 15-dekabrga qadarO‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ham ko‘plab baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda, - deyilgan xabarda.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Respublikada sodir bo‘layotgan jami yong‘inlarning 36,3% elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 27,1% ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 13,6% isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,9% bolalar sho‘xligi oqibatida va 3% gaz jihozlaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyat yuz berganda, “104” raqami orqali gaz xizmatiga yoki “101” telefon raqami orqali yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar bering.
Yangiliklar lentasi
0