Jamiyat

Koronavirus: 219 kishida koronavirus aniqlandi, 4 kishi vafot etdi

© Iz lichnogo arxiva Olgi BogushVrach-pulmonolog Olga Bogush
Vrach-pulmonolog Olga Bogush - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 219 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 196 522 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 219 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 196 522 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (3), Andijon viloyatida (14), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (10), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (7), Samarqand viloyatida (26), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (1), Fargʻona viloyatida (10), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (53), Toshkent shahrida (57) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 193 277 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foiz.
Respublikada jami 36,7 mln doza vaktsinadan foydalanildi.

Oʻlim holatlari

4 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1 449 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 271,5 milliondan oshdi, 5,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (50,2 mln), Hindistonda (34,7 mln), Braziliyada (22,2 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala