Madaniyat

Markaziy Osiyo davlatlari turkiy dunyo tarixini oʻrganish uchun birlashishdi

© Press-slujba AltGUUchastniki Vtorogo Mejdunarodnogo altaisticheskogo foruma "Tyurko-mongolskiy mir Bolshogo Altaya: istoriko-kulturnoye naslediye i sovremennost" (Barnaul, oktyabr 2021 g.)
Uchastniki Vtorogo Mejdunarodnogo altaisticheskogo foruma Tyurko-mongolskiy mir Bolshogo Altaya: istoriko-kulturnoye naslediye i sovremennost (Barnaul, oktyabr 2021 g.) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
“Katta Oltoy”ning turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi oʻxshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi ilk bor Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Rossiya olimlari, oʻqituvchi va talabalarini birlashtirdi.
Bu haqida loyiha tashkilotchilari – Oltoy Davlat universitetining “Katta Oltoy” oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-taʼlim markazi xabar qildi (OltDU “Katta Oltoy” ITM).
“Ushbu loyha haqidagi gʻoya ilk bor 2012 yilda, OltDUda Osiyo xalqaro izlanishlar markazi ochilgan vaqtda paydo boʻlga edi. OTMning oʻzi esa Shanxay hamkorligi tashkilotiga aʼzo boʻldi. Shu vaqtdan boshlab turkshunoslik va oltoyshunoslik biz uchun ustuvor yoʻnalishga aylandi. 2019 yilda universitetda “Katta Oltoy”ning turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi oʻxshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi paydo boʻldi. Uning maqsadi Markaziy Osiyo olimlarini turk dunyosining madaniy-tsivilizatsion asoslarini oʻrganishga jalb qilish boʻldi”, - deydi loyiha rahbari, OltDU prezidenti Sergey Zemlyukov.
Loyiha ishlarining 2021 yilgi yakunini keltirar ekan, “Katta Oltoy” ITMning xalqaro ekspertlar kengashi raisi Anatoliy Derevyanko ushbu yil davomida koʻp sonli yangi ishtirokchilarni jalb qilishga muvaffaq boʻlinganini maʼlum qildi.
“2021 yilda bizga yana 31-ilmiy-taʼlim muassasalari va 22ta universitetlar va ilmiy institutlar qoʻshilishdi. Ayni damda loyihada “Katta Oltoy” davlatlari ilmiy-taʼlim muassasalarining 72 nafar olimlari faoliyat olib bormoqda. Va asosiysi yosh ilmiy xodimlar soni ham oshmoqda”, - deydi mutaxassis.
© Press-slujba AltGURukovoditel NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay", prezident AltGU Sergey Zemlyukov i predsedatel mejdunarodnogo ekspertnogo soveta NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay", akademik RAN Anatoliy Derevyanko na otkrыtii Mejdunarodnoy shkolы molodыx uchenыx — tyurkologov i altaistov (Barnaul, noyabr 2021 g.)
Rukovoditel NOTS altaistiki i tyurkologii Bolshoy Altay, prezident AltGU  Sergey Zemlyukov i predsedatel mejdunarodnogo ekspertnogo soveta NOTS altaistiki i tyurkologii Bolshoy Altay, akademik RAN Anatoliy Derevyanko na otkrыtii Mejdunarodnoy shkolы molodыx uchenыx — tyurkologov i altaistov (Barnaul, noyabr 2021 g.) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Rukovoditel NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay", prezident AltGU Sergey Zemlyukov i predsedatel mejdunarodnogo ekspertnogo soveta NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay", akademik RAN Anatoliy Derevyanko na otkrыtii Mejdunarodnoy shkolы molodыx uchenыx — tyurkologov i altaistov (Barnaul, noyabr 2021 g.)
Ushbu yilning muhim voqeasi “Katta Oltoy: Rossiya – Qirgʻiziston, 2021” ekspeditsiyasi boʻldi. Jusup Balasagыn nomidagi Qirgʻiz milliy universiteti (Balasagыn nomidagi QMU) rektori Kanat Sadыkov aytishiga koʻra, Qirgʻiziston hududida soʻnggi 50 yil ichida xalqaro ekspeditsiyalar tashkil qilinmagan.
“Olimlar zamonaviy koʻchmanchilarining maishiy turmush tarzi, moddiy boyliklarini oʻrganib chiqishdi. Bular orasida anʼanaviy buyumlar – oʻtov, qoramolchilik, hunarmandchilik va boshqalar bor. Ekspeditsiya davomida olingan bilimlar ananaviy madaniy qadriyatlarning barqaror va oʻzgarayotgan jarayonlari haqida hikoya qiladi. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun shu kabi etonografik ekspeditsiyalarni Oltoy koʻchmanchilari yashayotgan boshqa hududlarda ham oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻlardi”, - dedi rektor.
Ekspeitsiya yakunlariga koʻra davra suhbati va fotokoʻrgazma boʻlib oʻtdi. Ayni damda Rossiya va Qirgʻiziston olimlari “Qirgʻiz-oltoy etnogenetik va etnomadaniy aloqalari” mavzusida monografiya tayyorlashmoqda.
© KNU imeni J.BalasagыnaRektor Kыrgыzskogo natsionalnogo universiteta imeni Jusupa Balasagыna (KNU im. Balasagыna) Kanat Sadыkov
Rektor Kыrgыzskogo natsionalnogo universiteta imeni Jusupa Balasagыna (KNU im. Balasagыna) Kanat Sadыkov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Rektor Kыrgыzskogo natsionalnogo universiteta imeni Jusupa Balasagыna (KNU im. Balasagыna) Kanat Sadыkov
Shuningdek loyiha doirasida Amanjolov nomidagi Sharqiy-Qozogʻiston davlat universiteti OltDU bilan birgalikda “Katta Oltoy – turklar kelib chiqqan joy” nomli virtual muzey yaratish ustida ishlamoqda.
Ushbu manbaa turkiy tsivilizatsiyaning eng yetuk va muhim yutuqlarini, moddiy va badiiy madaniyati yodgorliklarini oʻz ichiga olgan boʻladi. OltDU vakillari bilan 3 noyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda arxeologik eksponatlarning 3D formatdagi detallari muhokama qilindi. U yerda har bir tomoshabin Qozogʻiston, Rossiya, Moʻgʻuliston va Xitoy muzeylarida saqlanayotgan turk dunyosiga oid materiallarni tomosha qilishi mumkin”, - deydi SHQU rektori Muxtar Tolegen.
Ushbu yilda loyiha doirasida, M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining (OʻMU) jurnalistika fakulteti vakillari bilan eng faol hamkorlik amalga oshirildi. “Katta Oltoy” ITM OltDU hamda M. Ulugʻbek nomidagi OʻMU bilan hamkorlikda 2022 yildan boshlab “Katta Oltoy mediahududining ijtimoiy xavfsizligi” mavzusida magistrlik dasturini ishga tushirishga tayyorlamoqda.
© Natsionalnыy universitet Uzbekistana im. M. Ulugbeka (NUUz)Foto studentov fakulteta jurnalistiki iz Uzbekistana
Foto studentov fakulteta jurnalistiki iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Foto studentov fakulteta jurnalistiki iz Uzbekistana
“Boʻlajak jurnalistlar uchun oʻz ildizlarini bilish muhim. Chunki XXI asrda har qanday xalq oʻz muvaffaqiyatini faqat xavfsizlik va madaniyatlararo yaqin munosabatlar orqali taʼminlashi mumkin. Madaniyatlar aro muloqot nimadan iborat boʻlishi va uning sifati koʻp jihatdan jurnalistlarning eruditsiyasi, yuqori professionalligi va bagʻrikengligiga bogʻliqdir. Ushbu yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlash – Katta Oltoyning barqaror rivojlanishi yoʻlida muhim qadamdir”, - deydi OʻMU jurnalistika fakulteti dekani Maxliye Mirsoatova
“Katta Oltoy”ning turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi oʻxshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi Rossiya Fan va oliy taʼlim vazirligi koʻmagi yordamida, OltDU tomonidan 2019 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala