O‘zbekiston migrantlarining pul jo‘natmalari yanada ko‘paydi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Banki ma’lumotiga ko‘ra, pul o‘tkazmalari miqdorida katta o‘sish O‘zbekistonda qayd etildi – 29,5 %.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya banki e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadagi mehnat migrantlari 2021-yil III chorakda yaqin xorij davlatlarga 7,2 mlrd $ jo‘natdi.
MDH davlatlari orqasida eng ko‘p qariyb 3,8 mlrd $ quyidagilarga yuborildi:
O‘zbekiston (1,6 mlrd $)
Qirg‘iziston (619 mln $)
Tojikiston (534 mln $)
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarda Ozarbayjon (281 mln $) va Armaniston (268 mln $) joy oldi.
Uchinchi chorakda ushbu 5ta davlatga o‘tkazilgan mablag‘larning eng katta o‘sish O‘zbekistonda qayd etildi – 29,5 %. Kamayish faqat Tojikistonda (o‘tgan yilga nisbatan 1,8 %ga kamaydi).
Umuman olganda uchinchi chorakda jismoniy shaxslar tomonidan Rossiyadan boshqa davlatlarga o‘tkazmalari hajmi 11,028 mlrd $ni tashkil etdi. Bu o‘tgan chorakka nisbatan 5 % kam, 2020-yilning shu davriga nisbatan esa 6 %ga ko‘p.
Rossiyadan uzoq xorij davlatlarning 5ta yetakchi davlatlar qatorida quyidagilar:
Shveysariya (1,8 mld $)
AQSh (698 mln $)
Buyuk Britaniya (587 mln $)
Germaniya (311 mln $)
Turkiya (277 mln $)
Ular orasida faqat Turkiyaga o‘sishi - 1%. Germaniyaga pul o‘tkazmalar miqdori esa 29,7 foizga kamaydi.
Yangiliklar lentasi
0