Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa "KoviVak".
Sotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa KoviVak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonda biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga biolaboratoriya yaratishda yordam beradi.
Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonda uchinchi xavfsizlik sinfli (standart BSL-3) biolaboratoriyani yaratishda yordam beradi, deb xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
Bu tashabbus SES va Rospotrebnadzor vakillari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan koronavirus infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha IIxalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida ko‘rib chiqildi.
“Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va BSL-3biologik laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” loyihasi ishlab chiqildi”, — deyilgan xabarda.
“Yo‘l xaritasi”ning bandlarini batafsil o‘rganish uchun rossiyalik va o‘zbekistonlik ekspertlar 16-18 dekabr kunlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazadi.
Noyabr oyi oxirida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi. Shuningdek, ular COVID-19 genomini o‘rganish jarayonida olingan ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilishni rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning noyabr oyida biotexnologiyani rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatda BSL-3 biolaboratoriyasini ochish ko‘zda tutilgan. Bu respublikada vaksinalar, jumladan, koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish maydonchasini yaratish loyihasining bir qismidir. Loyihaning umumiy qiymati 53 mln $. Laboratoriyani Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri hududida joylashtirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0