Siyosat

Rossiyaning Markaziy Osiyodagi elchilari Toshkentda uchrashishdi

© press-slujba Posolstva Rossii v UzbekistanePoslы Rossii v stranax Tsentralnoy Azii vstretilis v Tashkente
Poslы Rossii v stranax Tsentralnoy Azii vstretilis v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YEOII, KXSHT va SHHT doirasida hamkorlik qilish boʻldi.
TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Toshkentda Rossiyaning Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi elchilarining ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko olib bordi. Unda Rossiya TIVining 18 noyabr kuni boʻlib oʻtgan kengaytirilgan majlisida Prezident Vladimir Putin tomonidan diplomatik xizmat oldiga qoʻyilgan vazifalarning amaliy ijrosi iuhokama qilindi.
Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, tomonlar mintaqadagi mavjud vaziyatni hamda qoʻshni va yirik mintaqaviy boʻlmagan davlatlarning MOdagi vaziyatga taʼsirini tahlil qilishdi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan imtiyozli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari qurish maqsadida, Rossiya Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ilgari surish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijalarini muhokama qilindi.
Uchrashuvning muhim mavzusi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy va xalqaro "platformalar" va birinchi navbatda MDH, YEOII, KXSHT va SHHT doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻldi. Mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish salohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Bunda Rossiya va Markaziy Osiyo uchun muhim loyihalarni diplomatik qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, suhbat davomida Afgʻonistondagi vaziyat va uning ehtimoliy oʻzgarishi tufayli mintaqa mamlakatlari uchun yangi chaqiriq va tahdidlar paydo boʻlishi ehtimoli ham muhokama qilindi.
Rossiya diplomatlari kelgusida ham ana shunday koʻrinishdagi uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotidan foydalanish rejalashtirilgan.
© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannыx del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko.
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannыx del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal zamestitelya Ministra inostrannыx del Rossiyskoy Federatsii Andreya Rudenko.
Shu kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko va ushbu mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlaridagi diplomatik vakillarini Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar va baho berdilar, shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala