Madaniyat

Seulda Alisher Navoiy haykali ochildi

© "Nigoh" telegram kanaliPamyatnik Alishera Navoi v Seule
Pamyatnik Alishera Navoi v Seule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Seul tumanida Alisher Navoiy byustning ochilish marosimida Koreya va Oʻzbekiston vakillari deputatlari ishtirok etishdi.
TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Koreya poytaxtida Alisher Navoiy byusti oʻrnatildi. Bu haqda "Bugun.uz" xabar qilmoqda.
Shahardagi nufuzli tumanlarning birida oʻrnatilgan byustning ochilish marosimida Koreya jamoatchilik vakillari va Oʻzbekiston Oliy Majlis deputatlari ishtirok etgan.
© "Nigoh" telegram kanaliPamyatnik Alishera Navoi v Seule
Pamyatnik Alishera Navoi v Seule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Pamyatnik Alishera Navoi v Seule
Eslatib oʻtamiz ayni damda Shavkat Mirziyoyev Seulga joʻnab ketgan edi. U yerda oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Kun tartibida Oʻzbekiston–Koreya strategik sheriklik munosabatlari, qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yoʻnalishlarda yanada kengaytirish masalasi oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, Navoiy haykallari dunyo boʻylab Boku, Moskva, Shanxay, Vashington, Ashxobod, Oʻsh shaharlari va Yaponiya mamlakatida oʻrnatilgan.
© "Nigoh" telegram kanaliPamyatnik Alishera Navoi v Seule
Pamyatnik Alishera Navoi v Seule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Pamyatnik Alishera Navoi v Seule
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala