Turizm

"Warner Brothers" Oʻzbekistonda telekoʻrsatuv suratga oldi

© Yuz.uz"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Warner Brothers snyali teleperedachu v Uzbekistane  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
Warner Brothers Oʻzbekistonda sayyohlikka bagʻishlashgan telekoʻrsatuv suratga oldi. Koʻrsatuv 2022 yilda efirga uzatiladi.
TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. "Warner Brothers" kompaniyasi oʻzining "The Worldʼs Dangerous Roads" (Dunyoning xavfli yoʻllari) turistik teleshousining navbatdagi sonini Oʻzbekiston hududida suratga olish ishlari yakunladi, deb xabar qilmoqda "Yangi Oʻzbekiston" nashri.
Koʻrsatuv mavzusiga koʻra, gollandiyalik ikki mashhur aktrisalar Esmi van Kampen va Xanna van Vliyet Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishadi. Qiyinchiliklar va mashaqqatli yoʻllarni bosib oʻtgan dastur qahramonlari mahalliy aholi madaniyati va hayoti, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Prodyuserlar Oʻzbekistonning xorijiy auditoriyaga yaxshi tanish boʻlmagan joylari, togʻli va choʻl hududlarini namoyish etishga alohida eʼtibor qaratishdi.
"Koʻp yillik tajribamizga koʻra, Oʻzbekistonda suratga olish jarayoni, boshqa mamlakatlarga nisbatan yanada uyushqoq, loʻnda va tartibli tarzda oʻtdi. Ish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmadik va hamkorlikda amalga oshirilgan loyihamizdan mamnunmiz. Boshqa suratga olish guruhlarini ham biz kabi Oʻzbekistonga tashrif buyurishini tavsiya qilaman", - dedi koʻrsatuv prodyuseri Manon van Vugt.
"Sayohatchilar" Zomin va Zomin milliy tabiat bogʻida boʻlishdi. Beshkub va Dugoba qishloqlarida ular milliy taom "tandir-goʻsht" va Zominning oʻziga xos noni bilan tatib koʻrishdi. Koʻrsatuv qahramonlari "Zomin" sanatoriyasida tunab, ushbu majmuaning oʻziga xos tarixi bilan tanishishdi.
Shundan soʻng, shou ishtirokchilari "Aydarkul" koʻl boʻyidagi yurta oromgohida boʻlib, xalq musiqasi bilan yaqindan tanishishdi hamda "koʻpkari" oʻyini ishtirokchisiga aylanishdi.
Koʻrsatuv Niderlandiya auditoriyasi uchun moʻljallangan hamda 2022 yilda efirga uzatiladi. Loyihani suratga olish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi koʻmagida tashkil etildi.
© Yuz.uz"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Warner Brothers snyali teleperedachu v Uzbekistane  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2021
"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala