Kolumnistlar

AQShning Rossiyadan 3 milliardga teng gipertovush qoloqligi

© Foto : US Air ForcePervыy polet B-52 Stratofortress, osnaщennogo prototipom giperzvukovoy raketы AGM-183A
Pervыy polet B-52 Stratofortress, osnaщennogo prototipom giperzvukovoy raketы AGM-183A - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Pentagon uchun vaziyatning dramatikligi shunda-ki, rossiyaning bir necha barobar kam mablagʻ xarajatlari bilan ishlab chiqilgan gipertovush raketalari 2016 yildan buyon muvaffaqiyatli uchmoqda, "Tsirkon"lar hozir seriyali ishlab chiqarilmoqda.
AQSH yuqori texnologiyali qurol-aslaha ishlab chiqarishda dunyoda yetakchiligini yoʻqotmoqda. Gipertovushli raketalar ishlab chiqarishda muvaffaqiyatsizliklar Pentagonni xavotirlantirmoqda. Big Stick diplomacy yaʼni "katta toʻqmoq" diplomatiyasi oʻtmishda qolmoqda. Vashington Moskva va Pekindan ortda qolmoqda.
AQSH harbiy byudjeti 778 mlrd. dollarga yetdi. Shundan 3 milliardi faqat gipertovush tezligida uchadigan raketa yaratish uchun yaratilgan. 2022 yilda amerika ushbu maqsal yoʻlida yana 3,8 milliard dollar xarajat qilishni rejalashtirgan. Ushbu mablagʻ butun boshli Yevropa Ittifoqining mudofaa tashabbusi xarajatlariga teng (4 mlrd dollar).
Pentagon hisob-kitobiga koʻra, harbiy dengiz kuchlari uchun gipertovushli raketa ishlab chiqarish uchun 5 yilda yakunlanadi. Parvoz uzoqligi 2700 km boʻlgan raketa 2024 yilda tayyor boʻladi va Yer sharining istalgan nuqtasida “tanlangan muhim nishonlarga” “bir soat ichida” zarba bera oladi. Haqiqatda esa amerikalik qurol ishlab chiqaruvchilar raketaning dastlabki tezlashish muammosini ham hal qila olishgani yoʻq. Gipertovush tezligida uchish esa – udan ham katta texnologik muammodir.
Prezident RF V. Putin provel zasedaniye Soveta po razvitiyu grajdanskogo obщestva i pravam cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Rossiya
XVJga muhtojlikdan gipertovush yetakchiligigacha - Putin Rossiya bosib oʻtgan yoʻl haqida
Havo harbiy kuchlari tomonidan qoʻllaniladigan gipertovush raketasini AGM-183A (ARRW) AQShda 2022 yilning kuzida qurolli kuchlar tomonidan qabul qilish rejalashtirilgan edi. Lekin hozircha sinalayotgan prototiplar, qancha pul sarflanmasin, tezlashishni istamayapti.
AGM-183 raketasining 2021 yilning aprel va iyul oylarida boʻlib oʻtgan sinovlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Pentagonning quruqlik qoʻshinlari uzoqqa (3000km) zarba beruvchi mobil gipertovushli raketa tizimi LRHW (Long Range Hypersonic Weapon)ni 2023 yildan soʻng olishi kerak, lekin hozircha faqat tezlashish moslamalarining muvaffaqiyatsiz sinovlari oʻtkazildi xolos.
AQSH Mudofaa vazirligining Istiqbolli izlanishlar dasturi boshqarmasi sentyabr oyida HAWC (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept) raketasi prototipining muvaffaqiyatli sinovi haqida juda qisqa maʼlumot tarqatgan edi. Joyi va vaqti koʻrsatilmagan tajriba sinovi davomida prototip raketa tezligi 5 Maxga yetgani aytilgan. Lekin mutaxassislar ushbu natijani ishonqiramay qabul qilishdi.

Plazma harorati

Amerikaning gipertovushli loyihalarini amalga oshirish jiddiy texnologik va muhandislik muammolariga duch kelmoqda. Ular orasida materiallar va issiqlik bilan bogʻliq muammolar ham bor. Gipertovush tezligigacha tezlashgandan soʻng atmosferada manyovrli parvozlar boshlanadi. Ushbu parvoz yuqori haroratli plazma buluti ichida boʻlib oʻtadi. Ushbu plazma raketa korpusini yoqib yuborishi mumkin, jumaladan unda oʻrnatilgan har qanday antenna va axborot olish moslamalarini ham. Ana shunday sharoitda gipertovushli raketaning elektron qismi uning nishonga toʻgʻri yetib borishi, manyovrlarini taʼminlashi kerak. Bu esa materialshunoslik, dvigatellar qurish, elektronika va aerodinamika sohasida ulkan bilimlar talab etadi va kashfiyotlar uchun imkon yaratadi.
Misol uchun, Alyaska osmonida boʻlib oʻtgan X-43A amerika gipurtovushli raketasi parvozdan 7 soni oʻtib 6500 km/soat tezlikda atmosferada yonib ketdi. Rossiyaning "Tsirkon"lari esa yonmaydi.
Pentagon uchun vaziyatning yana bir achinarli tomni shundaki, Rossiyaning bir necha baravar kam byudjet xarajatlari hisobiga ishlab chiqilgan gipertovushli raketalari 2016 yildan buyon muvaffaqiyatli parvozlar amalga oshirib kelmoqda. "Tsirkonlar" seriyali ishlab chiqarilmoqda.
Gipertovushli "Avangard" raketasi esa 28 Max tezlikkacha tezlashishi mumkin, "Kinjal" va "Tsirkon"lar - 10 maxgacha. Xitoyning DF-17 raketasi ham 10maxgacha tezlashishi mumkin.
Ispыtaniya giperzvukovoy raketы “Tsirkon” v Barentsevom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Video
Soatiga 8500 km tezlikda: Rossiya gipertovush raketasini sinovdan oʻtkazdi - video
Rossiyaning havo-kosmik kuchlari 2022 yilda gipertovushli qurollarning istiqbolli namunalarini jangovar navbatchilikka qabul qiladi. Bu bilan Rossiya AQShdan oʻzining texnologik ustunligini oshiradi. Bu vaqtda AQSH gipertovush dasturi gʻalati tendentsiya namoyish qilmoqda – rejali “koʻzboʻyamachilik”.
Kortlend shahrida (Alabama shtati) Lockheed Martin kompaniyasining gipertovush raketalar ishlab chiqaruvchi zavodi paydo boʻldi, lekin shu kunga qadar u hali birorta raketani sinovdan oʻtkazgani yoʻq. Korxonada 2022 yil oxiriga qadar AQSH HHKlari uchun 12 ta gipertovushli (mavjud boʻlmagan) raketalar AGM-183A ARRW ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kompyuter yordamida chizilgan reklama tasvirlarida gopertovushli raketalar "metallda"gi mahsulotlardan jiddiy farq qiladi.
Shu vaqtda Rossiya havo mudofaasi kuchlari gipertovushli raketa zarbalarini qaytarishni oʻrganmoqda. Ana shunday turkumli birinchi oʻquv-mashqlari oktyabr oyining oxirida boʻlib oʻtdi.
Astraxan viloyatida joylashgan Ashuluk poligonida yuqori tezlikda harakatlanuvchi nishonlarga qarshi jangovar oʻt ochish mashlari boʻlib oʻtdi. Ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning S-300, S-350, S-400, S-500 rusumli havo-mudofaa majmualari bor.

Yetakchilar poygasi

AQSH va NATO ularning barcha havo mudofaa tizimi hamda dengiz aviatashuvchi guruhlarini yoʻqqa chiqaradigan Rossiyaning “Avangard”, "Tsirkon" va "Kinjal" raketalari namoyish qilinganidan soʻng AQSH hali oʻziga kelmasdan turib, Xitoy ham oʻzining gipertovushli qurolini namoyish qildi.
Pekin reklama roliklari namoyish qilmagan boʻlsa-da, Amerika OAVlari aytishiga koʻra raketa “fizika qonunlarini yengib oʻtgan”. Yadroviy kallaklar tashish imkoniga ega boʻlgan "Chanchjen" uchish apparati yaqinda Janubiy Xitoy dengizi ustida oʻtkazilgan sinovlarda Yer sharini aylanib oʻtib nishondan biroz chetladi. Uzoqligi 40 ming km (ekvator uzunligi) boʻlgan parvoz uchun bu ajoyib natija.
Amerika razvedkasi bunga – “ular buni qanday amalga oshirganini biz mutlaq tushunmadik” deb izoh berishdi. AQSH birlashgan qoʻmondonlik shtablari boshligʻi Mark Milli Xitoyraketalari Amerika havo mudofaa tizimini yengib oʻtishi mumkinligini maʼlum qilishdi. Pentagon bunday texnologiyalardan qanday himoyalanishni bilmaydi va Pekinning yangi harbiy imkoniyatlarida oʻta xavotirda. Oʻz navbatida Xitoyning AQShdagi elchixonasi vakili Lyu Penʼyuy “Xitoy harbiy siyosati aslida himoya maqsadlarni koʻzlaganini” aytib oʻtdi.
MiG-31 VKS provel uchebnыy pusk giperzvukovoy raketы Kinjal - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2018
Jamiyat
Rossiya gipertovush tezligida uchadigan raketani sinovdan oʻtkazdi
Biroz oldin Rossiya Qurolli kuchlari safiga qabul qilingan “Avangard” fantastik bloki dunyodagi gipertovush qurollari poygasida Rossiyani birinchi oʻringa chiqargan edi. Britaniyaning The Telegraph nashri ushbu qurolning harbiy qoʻllanish taktikasini tasvirlab berdi. Uralda 26 dekabr kuni uchirilgan tashuvchi-raketa ochiq koinotga chiqmasdan, stratosferada jangovar kallakni zarba berish nuqtasiga yetkazib qoʻygan. Jangovar kallak dvigatel ishlatmagan holda zig-zag shaklidagi trayektoriya boʻylab harakatlanib Sibir ustida 7000 km parvoz qilgan va Kamchatkada joylashgan nishonga aniq zarba berdi.
Shu yerda bir narsani aniq aytib oʻtish kerak: Rossiya va Xitoy Yer sharidagi qoʻshnilar bilan harbiy toʻqnashuvga kirishishdan mutlaq manfaatdor emas. Gipertovush qurollar esa – kollektiv Gʻarbning oʻylovsiz agressiyasidan oʻz hududlarini himoya qilish maqsadida yaratilgan. Moskva va Pekin oʻzlarining yuqori texnologiyali harbiy quvvatni suiisteʼmol qilayotgani yoki biror kimga tahdid solayotgani yoʻq.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkning Telegram kanaliga obuna boʻling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala