Madaniyat

Besh jildlik turk dunyosi solnomasini nashrdan chiqadi

© Press-slujba Vsemirnogo obщestva po izucheniyu, soxraneniyu i populyarizatsii kulturnogo naslediya UzbekistanaKnigi-albomы, posvyaщennыe kulturnomu naslediyu Uzbekistana
Knigi-albomы, posvyaщennыe kulturnomu naslediyu Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Rossiyada 5 jildlik turk dunyosi solnomasi nashrdan chiqadi. Unda turk dunyosining oʻrta asrlardan SSSR davri va XXI asr boshigacha boʻlgan davri qamrab olinadi.
Markaziy Osiyo xalqaro olimlar jamoasi “Katta Oltoy turkiy dunyo tarixiy solnomasi”ning birinchi jildini yakunlamoqda. U VI-XI asrlar oraligʻida turkiy xalqlar hayotini tasvirlashga bagʻishlangan. Jami beshta kitob yaratish rejalashtirilgan. Bu haqida Oltoy davlat universiteti (OltGU) "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy-taʼlim markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Mualliflar aytishiga koʻra, birinchi jild 2022 yilning boshida nashrdan chiqadi. Unda Katta Oltoyda dastlabki turklarning paydo boʻlishi, Birinchi va Ikkinchi Turk xoqonligi tarixi va madaniyati kabi mavzular oʻrin olgan. Shuningdek, mutaxassislar gʻarbiy turklar madaniyati, qabrtoshlar va yozgorliklarni alohida oʻrganishgan. Kitobda shuningdek, Bulgʻor podsholigi, Hazar xoqonligi haqida boʻlimlar ham joy oladi.
“Togʻli Oltoy ming yillar davomida har xil etnik guruhlar va madaniyatlar beshigi boʻlgan. Tabiat va iqlim sharoitlari qanchalik qiyin boʻlmasin, qadimda va oʻrta asrlarda bu yerlarda oʻziga xos madaniyat yaratilgan”- deydi tarix fanlari doktori, Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi Gʻaybullo Boboyorov.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Turk xoqonligi davrida Togʻli Oltoy hududida shakllangan anʼanalar Moʻgʻuliston, Oʻrta Osiyo, Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xitoy va Sharqiy Yevropa kabi keng hududlarga tarqalgan. Bu ham solnoma yaratilishida oʻrin olgan.
"Oltoy xalqlari tarixini oʻrganishda uni Markaziy Osiyodan ajratib oʻrganish biryoqlamalik boʻlar edi. Chunki bu hududlar xuddi qadim va oʻrta asrlarda boʻlgani kabi bugun ham mintaqa tarixini yaratadi. Shu sababli Oltoy xalqlari yagona solnomasini yaratish muhim ahamiyatga ega”, deya aniqlik kiritdi Gʻaybulla Boboyorov.
Mutaxassis fikriga koʻra, mintaqa tarixini oʻrganish har xil madaniyatlar oʻrtasida oʻzaro totuvlik oʻrnatadi va birgalikda yorqin kelajakka hissa qoʻshadi.
“Bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi va ommalashishi bugungi kunda mintaqada istiqomat qilayotgan turli tilli xalqlar oʻrtasida oʻzaro birdamlikka xizmat qiladi. Shuningdek, Oltoy xalqlari tarixi haqida nafaqat umumiy solnoma chiqarish, balki oʻlka tarixiga bagʻishlangan badiiy, ilmiy, tarixiy va hujjatli filmlar yaratish lozim. Bu mintaqada ichki va tashqi turizm rivojlanishiga hissa qoʻshadi”, deydi mutaxassis
Turk dunyosi tarixiy solnomasi allachaqon turfa mamlakatlar olimlarini birlashtirgan. Kitob Markaziy Osiyo mutaxassislarining koʻp yillik hamjihatdagi faoliyatining natijasi boʻladi.
"10 yildan ziyod vaqtdan buyon Tomsk, Novosibirsk, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston va Xitoy olimlari bilan birgalikda turkiy xalqlar tarixi, shuningdek, slavyan-turkiy madaniy-tarixiy aloqalarini oʻrganmoqdamiz. Maqsadimiz Markaziy Osiyo davlatlari turkiy, moʻgʻul va oltoy xalqlari tarixi va ularning slavyan dunyosi bilan aloqalari bilan shugʻullanadigan olimlarning integratsiyalashuvidir”, - deydi "Katta Oltoy" Oltoyshunoslik va turkshunoslik ilmiy taʼlim markazi rahbari, professor Sergey Zemlyukov.
Oltoy davlat universiteti olimlarining soʻzlariga koʻra, har yili solnomaning bir jildi nashrdan chiqadi. Ikkinchi kitob XIII-XVI asrlardagi turk dunyosiga bagʻishlangan boʻlsa, uchinchi kitob XVI va XX asr boshida turk dunyosining Rossiya imperiyasi bilan oʻzaro aloqalari haqida hikoya qiladi. Yana bir jild “XX asrda SSSR va "Turk dunyosi" deya nomlangan boʻlsa, soʻnggi beshinchi jild “XXI asr boshida Rossiya va Turk dunyosi” deb atalgan. Keyingi kitoblar bilan ishlashga Oʻzbekiston, Tojikiston va Moʻgʻuliston olimlari qoʻshiladi.
Besh jildlik solnoma Rossiya Fan va oliy taʼlim vazirligi koʻmagida Oltoy davlat universiteti tomonidan "Katta Oltoy turk-moʻgʻul dunyosi: oʻtmishdagi va hozirgi birdamlik va xilma-xillik" loyihasi doirasida nashr etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala