Dunyoda

BMT Rossiyaning natsizmni ulugʻlashga qarshi rezolyutsiyasini qabul qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishZal Genassamblei OON v Nyu-Yorke
Zal Genassamblei OON v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Yangi rezolyutsiya irsiy diskriminatsiyaning har qanday koʻrinishini, jumladan qonunchilik darajasida ham bartaraf etishga chaqiradi.
TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Rossiya Federatsiyasi tomonidan taklif qilingan natsizmni ulugʻlashga qarshi kurash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
"Rasizm va irsiy diskriminatsiyaning har qanday koʻrinishini olqishlaydigan natsizm va neonatsizmni ulugʻlashga qarshi qaratilgan hujjatni yoqlab 130ta davlat ovoz berishdi. Faqat AQSH va Ukraina qarshi ovoz berdi, yana 49ta davlat ovoz bermadi", - deyilgan xabarda.
Yangi rezolyutsiya davlatlarni Ikkinchi jahon urushi yakunlarini qayta koʻrib chiqish, oʻsha vaqtlarda insoniyatga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarni inkor etishga qarshi choralar koʻrishga chaqiradi.
Shuningdek, irsiy diskriminatsiyaning har qanday koʻrinishini, jumladan qonunchilik darajasida ham bartaraf etishni talab qiladi.
Rezolyutsiya mualliflari natsizmni ulugʻlash va targʻib qilish holatlarini keskin qoralab, ushbu illatlarni ulugʻlaydigan suratlar chizish, natsizmni taʼlim materiallariga kiritish, Ikkinchi Jahon urushi qahramonlari sharafiga qoʻyilgan yodgorliklarni tahqirlashni keskin qoralashgan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Rossiya natsizmni ulugʻlashga qarshi rezolyutsiyasining loyihasini qabul qilgan edi. Oʻshanda ham hujjatga 130 davlat "ha" deb javob bergan, 51 davlat javob bermagan, AЫSH va Ukraina qarshi ovoz bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala