Jamiyat

Kimlarga mango yeyish mumkin emas?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPrilavok s fruktami i ovoщami
Prilavok s fruktami i ovoщami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2021
Shifokor mango mevasining foydali jihatlari va kimga qatʼiyan mumkin emasligi haqida soʻzlab berdi.
Mango allaqachondan beri bozor rastalarida ekzotika belgisi boʻlmay qoldi. U koʻpchilikning sevimli mahsulotiga aylanib ulgurdi. Biroq, vrach-parhezshunos Lera Lavski RIA Novostiga bergan intervyusida mangoning ayrim insonlarga zararli jihatlari haqida soʻzlab berdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, mango foydali vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy. Vitamin S miqdori boʻyicha (100 g mangoda 69 mg vitamin) mango hatto limonni ortda qoldiradi.
“Shamollash va viruslar mavsumida- mango immunitetni mustahkamlash uchun ajoyib ozuqaviy manba. Tarkibidagi magniy, kaltsiy, temir va rux moddalari sababli mangoni muntazam isteʼmol qilish yurak- qon tomir tizimi hamda koʻzlar salomatligini yaxshilaydi”, deya taʼkidladi shifokor.
Biroq, bizning hududlarda mango ekzotik meva hisoblanadi, shuning uchun u allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Allergiyasi bor insonlarga u mumkin emas.
Qonda shakar miqdorini nazorat qilayotgan insonlarga ham mango mumkin emas, u shirin meva, qonda insulin miqdorini koʻpaytirib yuborishi mumkin.
Insulin koʻpayib ketmasligi uchun esa ushbu mazali mevani ovqatdan soʻng, 50 grammdan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala