“O‘zbekneftgaz” benzin narxini tushirdi

© UzneftegazUzneftegaz snizila seni
Uzneftegaz snizila seni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2021
Obuna bo‘lish
Uzneftegaz zapravkalaria 17-dekabrdan boshlab “AI-80” markadagi benzini 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarildi.
TOShKENT, 17 dek - Sputnik. “O‘zbekneftgaz” AJ AYoQShlarida AI-80 navli benzin narxini 6500 so‘m miqdorida belgiladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda bugun, 17-dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarildi. Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi.
Ushbu narxga erishish, “O‘zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar natijasidir - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi oylarda benzin narxining keskin oshishi aholi noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi benzin narxi oshishi sabablarini aniqlab unga qarshi choralar ko‘rishni boshlaganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0