Jamiyat

Apelsinning zararli jihatlari haqida bilasizmi?

© Pixabay/moiranazzariApelsinы
Apelsinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2021
Nutritsiolog Polovinskaya: apelsinning baland kislotaliligi tish emaliga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Apelsin, shubhasiz, foydali meva, biroq baʼzida bu meva inson salomatligi uchun yomon taʼsir qilishi mumkin, deydi nutritsiolog Yuliya Polovinskaya RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Apelsin juda foydali, chunki uning tarkibida koʻp miqdorda makro va mikroelementlar mavjud. Bitta apelsinda S vitamining bir sutkalik meʼyoriy dozasi mavjud. Ushbu mevada organizm oʻsishini nazorat qiluvchi va antiokstidant taʼsirga ega flavonoidlar bor. Apelsin arterial bosimni pasaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklarini kelib chiqish xavfini kamaytiradi, isitmani tushiradi. Yaralar va jarohatlarni davolashda qoʻllaniladi, xolesterin miqdorini kamaytiradi hamda yoshlik va goʻzallikni uzoq vaqt saqlab qolishga yordam beradi”, - deydi Polovinskaya.
Biroq, mutaxassisning aytishicha, har qanday tsitrus mevalar kabi, apelsin ham kuchgi allergen hisoblanadi. U koʻp isteʼmol qilinganda allergik taʼsir, hatto antifilaktik shok keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, oshqozon-ichak kasalliklarida apelsinni och qoringa isteʼmol qilishdan ehtiyot boʻlish kerak. Apelsin baland kislotalilik xususiyatiga ega, bu esa tish emaliga yomon taʼsir qilishi mumkin. Tish emalining yemirilish xavfi ortadi. Shuning uchun, apelsin isteʼmol qilgandan soʻng, ogʻizni chayish yoki apelsin sharbatini trubka orqali ichish kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala