Germaniya Yevropada RTni ta’qib qilmoqda - Mariya Zaxarova

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDevushki na stende telekanala RT
Devushki na stende telekanala RT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
Biz Germaniyada duch kelgan va duch kelayotgan qarshilikka dunyoning boshqa hech bir mamlakatida duch kelganimiz yo‘q, - Margarita Simonyan.
TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mariya Zaxarova Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga YeI OAVni nazorat qilish organi Tobias Shmid harakatlariga e’tibor qaratishni so‘radi.

"GFR dastlab RT DE (Russia Today nemis tilida) telekanaliga o‘z hududida litsenziya berishdan voz kechishdi. Keyin Germaniya Lyuksemburgga bosim o‘tkazib undan RTga litsenziya bermaslikni talab qildi. Bu senzura emas - ta’qib qilishning o‘zi. YeXHT jim turaveradimi? Ribeyru xonim (YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili), biz sizdan bunday xulq-atvorni keskin qoralashni talab qilamiz", - dedi Zaxarova.

Biroz oldin, Lyuksemburg Rossining Russia Today telekanaliga litsenziya berishdan voz kechgan edi. Ularning izohida "namislar hukumatining axboroti va tahlili asosida" ko‘rsatilgan edi. Germaniya OAV nazorat xizmati Tobias Shmid RT uning "g‘ashiga tegayotganini" va uning "chorasini ko‘rib qo‘yishini" ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 16-dekabr kuni uzoq muddatli urinishlardan RT DE nemis tilida uzuluksiz yangiliklar berib turuvchi telekanali ish boshlagan edi. Lekin kanalning YouTubedagi sahifasi tez orada bloklandi.

Telekanal rahbari Margarita Simonyan "Biz Germaniyada duch kelgan va duch kelayotgan qarshilikka dunyoning boshqa hech bir mamlakatida duch kelganimiz yo‘q", - degan edi.

Russia Today (RT)
RT dunyo tillarida efir olib boruvchi Rossiya telekanali. RT DE Germaniyada 2014-yilda nemis tilida efirga chiqa boshlagan. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda ommaviylik bo‘yicha u Germaniyaning eng yetakchi OAViga aylandi. Xususan, so‘nggi 12 oy davomida Facebookda o‘qish va izoh qoldirishlar bo‘yicha RT DE - Bild, Der Spiegel, ZDF va Tagesschau nashrlaridan o‘zib ketdi. Crowdtangle ma’lumotlariga asosan.
Germaniya Yevropada RTni ta’qib qilmoqda - Mariya Zaxarova YeHXTga murojaat qildi 78i bir necha yil davomida Germaniyaning eng ommaviy OAVlari top-5ligiga kiradi. Undan tashqari telekanalning internet sahifasi (RT.com) Germaniya ichida ommaviyligi bo‘yicha Deutsche Welle dan oshib ketgan. (SimilarWeb ma’lumoti).
Yangiliklar lentasi
0