Quruq mevaning sifatlisini qanday tanlash mumkin?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProdaja suxofruktov
Prodaja suxofruktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
Parhezshunos: quruq mevaning tashqi ko‘rinishi sog‘lik uchun zararli ekanligidan ogohlantirishi mumkin.
“Quruq meva xarid qilayotganda, uning tashqi ko‘rinishga e’tibor berish lozim. Mevaning ko‘rinishi uning yashirin zararli jihatlaridan ogohlantirishi mumkin”, deydi diyetolog Svetlana Panchenko RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Quruq mevaning ko‘rinishi uning qanday quritilgani va qayta ishlangani haqida belgi berishi kerak. Agar mevaning ko‘rinishi yaltiroq va yumshoq bo‘lsa, glitserin yoki yog‘ bilan qayta ishlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, quritilgan xurmo shakarli siropda ivitilgani sabab yaltiraydi”, deydi Panchenko.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pgina quruq mevalar uzoq saqlash va parazitlardan himoya qilish uchun oltingugurt dioksidi bilan qayta ishlanadi.
"Yaltiramagan, yorilmagan, tabiiy hidli, oddiy, danakli quruq mevani xarid qilgan ma’qul. Agar u yong‘oq bo‘lsa, po‘stlog‘i shunday bo‘lishi kerak”, deb qo‘shimcha qildi diyetolog.
Yangiliklar lentasi
0