Video

Rossiya Afgʻonistonga 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yetkazib berdi

Rossiyaning Afgʻonistonga insonparvarlik yordamining uchinchi partiyasi 18 dekabr harbiy trasnport samolyotida olib kelindi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bor.
TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Noyabr oyidan buyon Rossiya Afgʻonistonga 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordam yetkazib berdi, jumladan dori-darmonlar ham, deb xabar qildi Rossiyaning Afgʻonistondagi elchisi Dmitriy Jirnov.
"18 dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligining harbiy trasnport samolyoti 36 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va afgʻon xalqiga hozir kerak boʻlayotgan muhim dorilar olib keldi. Bu bizning insonparvarlik yordamimizning uchinchi partiyasi. Rossiya maxsus samolyotlari yordamida Afgʻonistonga noyabrdan beri jami 100 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami olib kelindi", - dedi Rossiya elchisi.
"Qobulda bugun havo -8 daraja sovuq. Insonparvarlik yordami olib kelgan Rossiya harbiy-transport samolyoti bir necha soatdan soʻng afgʻonistonlik Rossiya talabalarni olib qaytadi", - deyilgan videolavha izohida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala