Rossiya kompaniyasi Toshkentda penopoliuretan zavodi ishga tushirdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishProizvodstvo mebeli
Proizvodstvo mebeli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2021
Obuna bo‘lish
"Fomlayn" kompaniyasi keyingi bosqichlarda prujina bloklari va matraslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiyalik biznesmen Artura Sogomonyanga tegishli "Fomlayn" xoldingi Tashkentda mebel sanoati uchun elastik penopoliuretan ishlab chiqaruvchi zavod qurdi.
"Rossiyaning eng yirik penopoliuretan ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri tomoidan O‘zbekistonda tashkil qilingan ushbu loyiha qiymati $20 mln dollardan ortiq. Korxona Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘z faoliyatini boshlagan. Korxona quvvati yiliga 10 ming tonnadan ortiq", - deyilgan xabarda.
Korxonada foydalanilayotgan uskunalar Germaniya, Italiya, Ispaniya, Angliya, Xitoy va Belarusda ishlab chiqarilgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu "Fomlayn" kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi loyihasi bo‘lib, keyingi bosqichlarda korxona divan va karavotlar uchun prujina bloklari va matraslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0