Siyosat

“Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti: vazirlar nimalarni muhokama qilishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Tsentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana
V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Tsentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratishdi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Dehlida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi siyosat, iqtisodiyot, raqamlashtirish va madaniy-gumanitar yoʻnalishdagi aloqalarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati, tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi kurashish choralari yuzasidan fikr almashildi.
Kamilov oʻz nutqida “Hindiston – Markaziy Osiyo” shaklidagi oʻzaro hamkorlik salohiyatidan yanada toʻliqroq foydalanish, ikki mintaqaning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash, jumladan, barqaror savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish, mahsulotlarni Hindiston va Markaziy Osiyo bozorlariga olib kirish uchun “yashil yoʻlak” tashkil qilish, IT-mutaxassislari uchun platforma yaratish muhimligini taʼkidladi.
Kamilov: Afgʻonistondagi vaziyatda quruq soʻzdan amaliy ishlarga oʻtish vaqti keldi
Muloqotda ishtirok etuvchi har bir davlatda navbat bilan yillik tadbirlarni oʻtkazadigan “Hindiston va Markaziy Osiyodagi tahliliy markazlar forumi” tahliliy platformasini tashkil etish taklif etildi.
Taʼkidlanishicha, Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Bu davlatning xalqaro yakkalanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun unga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Sessiyalar doirasida Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Mozori Sharifdagi xalqaro aeroportni tiklashga kirishdi

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala