Jamiyat

Islom tsivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket stroyaщegosya v Tashkente Tsentra islamskoy tsivilizatsii
Maket stroyaщegosya v Tashkente Tsentra islamskoy tsivilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Nizom bilan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari belgilandi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Islom tsivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
homiylik xayriyalari;
prezident yoki hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablagʻlari;
taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablagʻlar ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali markaz kitob fondini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot uchun grant ajratishga sarflanadi.
Shuningdek, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilishga sarflanadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2017 yildagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston Islom madaniyati markazi tashkil etildi. Keyinroq shu yilning oʻzida davlat rahbari uning nomini Islom tsivilizatsiyasi markaziga oʻzgartirishni taklif qildi.
Mavzuga oid:
Islom tsivilizatsiyasi markazi italyan billurlari bilan bezatiladi
Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazini mutlaqo yangi dizaynda qurishni buyurdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala