Kollej va texnikumlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga kirgan o‘quvchilarning kontrakt to‘lash muddati 20-yanvargacha uzaytirildi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston kollej va texnikumlariga 2021/2022-o‘quv yilida tavsiya qilingan abituriyentlar 20-yanvargacha kontrakt to‘lovini to‘lashi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20 yanvar kuni ham) etib belgilangan.
Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.
Qaysi hokimlik talabalarga kontraktini to‘lab berishda yetakchi
Yangiliklar lentasi
0