Jamiyat

Nukusda alkotester oʻrniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimiga jazo tayinlandi

© Sputnik / Yuriy Strelets / Fotobankka oʻtishGIBDD provodit "sploshnыe" proverki voditeley na trezvost
GIBDD provodit sploshnыe proverki voditeley na trezvost - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Avvalroq Nukusda alkotester oʻrniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimi aks etgan video tarqalgan edi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Nukusda alkotester oʻrniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimiga qattiq hayfsan berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXB) matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv xulosasiga koʻra, xizmati mobaynida tegishli nizom va ichki ishlar vazirining ayrim meʼyoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan qattiq hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.
Avvalroq Nukusda alkotester oʻrniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimi aks etgan video tarqalgan edi. Video yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgani maʼlum qilingan edi.
Oʻzbekistonda yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi – u suratga ham oladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala