Popova Rossiya chegaralarini yopish shartlarini aytdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishGlavniy gosudarstvenniy sanitarniy vrach RF Anna Popova
Glavniy gosudarstvenniy sanitarniy vrach RF Anna Popova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanishning 25 ta holati qayd etilgan.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi turli sabablarga ko‘ra chegaralarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
“Bunda, albatta, birinchi navbatda epidemiologik xatar shartlarini inobatga olish zarur”, - dedi Popova “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.
U misol tariqasida 2020-yilni keltirdi. O‘shanda mamlakat fuqarolar salomatligini o‘ylab boshqa mamlakatlarga safarlarni cheklab qo‘ygandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanishning 25 ta holati qayd etilgan.

Omikron shtammi allaqachon 89 ta mamlakatda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19ning omikron shtammi 89 mamlakatda aniqlangan va tez sur’atlarda tarqalmoqda.
Tashkilotning ta’kidlashicha, omikron deltaga qaraganda juda tez tarqalmoqda. Ayrim davlatlarda har 1,5-3 kunda omikron holatlari ikki barobarga oshmoqda.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tug‘diruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Mavzuga oid:
Rossiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish tasdiqlandi
Rossiyada omikron sabab PSR-testining amal qilish muddati qisqartiriladi
Omikron tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Yangiliklar lentasi
0