Qondagi qand miqdorini kamaytirib yurish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim

© Depositphotos.com / KruchenkovaChelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi
Chelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
Shifokor: qondagi qand miqdorini doimiy tarzda kamaytirib yurish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish darkor.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi diabetologiya bo‘limi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova qondagi qand miqdorini doimiy tarzda kamaytirib yurish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim haqida ma’lumot berdi.
“Qondagi qand miqdorini doimiy tarzda kamaytirib yurish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish – to‘g‘ri ovqatlanish, serharakat bo‘lish, shifokor nazoratida bo‘lib, dori vositalarni muntazam qabul qilish tavsiya etiladi”, - deydi mutaxassis.
Kundalik ratsiondan yengil singuvchi uglevod saqlovchi mahsulotlar (shakar, asal, shirin konditer mahsulotlari, murabbo, shirin va gazli va sun’iy bo‘yoqli ichimliklar) chiqarib tashlanishi kerak.
Shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy sababchisidir. Boisi kasallikning 2-turi rivojlanishiga inson tanasida mushak to‘qimasining kamayib, yog‘ to‘qimasining ko‘payishi hisoblanadi. Ammo xastalik semiz bo‘lmagan insonlarda ham rivojlanishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, kasallikning dastlabki belgilari kuzatilgandayoq shifokorga murojaat qilish lozim. Har bir kishi o‘zining tanasi vaznini nazorat qilib borishi, uning meyoriy ko‘rsatkichlardan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi talab etiladi.
Agar insonda diabetga moyillik bo‘lsa va u kuchli qo‘rquvni boshdan kechirsa, bu insonda kasallikka chalinish ehtimoli bor.
Surunkali davom etuvchi stress holatlari, uyqusizlik, gipertoniya kasalligi hamda qandli diabet 2-turiga moyil bo‘lganlarda ayrim dori preparatlarini muntazam qo‘llanishi (ayniqsa, glyukokortikoid guruhiga kiruvchi) ushbu kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Meyordan ortiq ovqat iste’mol qilish va energiyani sarf qilmaslik natijasida organizmda energiya balansi buziladi. Odatdagidek sarf bo‘lmayotgan energiya organizmda glikogen va yog‘lar ko‘rinishida to‘planib boradi.
Tohirova bu jarayon kuchayib borgani sari organizmda insulinga sezuvchanlik kamayib borishi va bu holat uglevodlar almashinuvining buzilishiga olib kelishini qayd etdi.
Ya’ni qandli diabet 2-turining paydo bo‘lishi ijtimoiy holatga emas, balki kamharakatlik, nosog‘lom va ortiqcha ovqatlanishga bog‘liq.
Mavzuga oid:
Qandli diabetga chalingan bolalar qanday parhez qilishi kerak
Shifokor qandli diabetga qarshi kurashning asosiy qoidalarini sanab o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0