Samarqanddagi oshxonada ro‘y bergan portlashda o‘n kishi jarohatlandi

© Pixabay / Ronald PlettOgon
Ogon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
Oqdaryo tumanidagi “Lazzat” oshxonasida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Lazzat” oshxonasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chaqnash 19-dekabr kuni soat 14:20 da sodir bo‘lgan. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgani aytilmoqda.
Buning oqibatida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.
"Indenim" savdo markazi nima sababdan portlagani aniq bo‘ldi
Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23 da hodisa joyiga yetib borib, 14:29 da yong‘in qurshab olingan. Soat 14:54 da esa o‘chirilgan.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari, IIB, prokuratura, tibbiyot, gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0