Hodisalar

“Shargʻunkoʻmir” xodimlariga 2,5 mlrd soʻmlik ish haqini toʻlab bermagani aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishUgol
Ugol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2021
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda korxona ishchisi ogʻir sharoitda ishlashini, ishchilar bayram puli u yoqda tursin, maoshlarini ham olmaganini maʼlum qilgan edi.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Shargʻunkoʻmir” AJ xodimlariga maoshi berilmagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda korxonaning oddiy konchisi ogʻir sharoitda ishlashini, ishchilar bayram puli u yoqda tursin, maoshlarini ham olmaganini maʼlum qilgan edi.
Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi bu boʻyicha oʻrganish ishlari olib borgan.
Maʼlum boʻlishicha, haqiqatan ham 15 dekabr holatiga koʻra, "Shargʻunkoʻmir" rahbariyati tomonidan xodimlarga 2,5 milliard soʻm miqdordagi oyliklarini toʻlab berilmagani aniqlangan.
Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan "Shargʻunkoʻmir" AJ rahbariyatiga fuqarolarning toʻlanmay qolgan maoshini berish boʻyicha yozma koʻrsatma kiritilgan. Xodimlarning ish haqini oʻz vaqtida toʻlashda Mehnat kodeksining 154, 161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala