O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Andrey Sorokin / Mediabankka o‘tishOgni pervoy novogodney yolki
Ogni pervoy novogodney yolki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Prezident farmoni bilan 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3-yanvar - dushanba, 22-mart - seshanba, 23-mart - chorshanba, 11-iyul - dushanba, 2-sentabr - juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar - seshanba, 4-may - chorshanba, 5-may - payshanba, 12-iyul - seshanba, 3-sentabr - shanba va 31-dekabr - shanba.
Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:
8 yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;
7 may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;
14 may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;
16 iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.
Yangiliklar lentasi
0