Hodisalar

Angrenda ikkita yuk poyezdi toʻqnashuvi oqibatida 20 ta vagon agʻdarildi – video

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishUkladka jeleznodorojnogo polotna
Ukladka jeleznodorojnogo polotna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Angren koʻmir konida 2 ta elektrovoz toʻqnashishi natijasida 20 ta vagon agʻdarilib ketgan. Hodisa oqibatida mashinist va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahri hududida poyezd agʻdarilib ketgani aks etgan videolavha tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Xabarda yozilishicha, holat 19 dekabr kuni soat 05:03 da Angren shahridan 19 kilometr sharqiy yoʻnalishda joylashgan "Oʻzbekkoʻmir" AJga qarashli Angren koʻmir koni hududida sodir boʻlgan. 010-sonli lokomotiv sostav elektrovozning siqilgan havosiz qolishi oqibatida boshqaruvsiz harakatlangan va 1-yoʻlda harakatlanib ketayotgan 017-sonli lokomotiv sostaviga urilgan.
Oqibatda jami 33 ta yuk vagonidan 20 tasi (010-sonli poyezddan 14 ta koʻmir ortilgan yuk vagon va 017-sonli lokomativ sostavidan 6 ta boʻsh vagon) temir yoʻl izidan chiqib agʻdarilgan.
Surxondaryoda poyezd va yuk avtomobili toʻqnashib ketdi
Hodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida voqea joyiga "Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi "Temir yoʻl transport" filialidan 2 ta yuk krani, 2 ta pogruzchik va 50 nafar ishchi xodim jalb etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala