Maktablarda Yangi yil bayramini nishonlashga hech qanday cheklovlar yo‘q – XTV

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrazdnichnaya sdacha ekzamenov v "Moskovskoy shkole Deda Moroza"
Prazdnichnaya sdacha ekzamenov v Moskovskoy shkole Deda Moroza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi uning birinchi xabari noto‘g‘ri talqin qilingani bildirilgan.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi maktablarda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq xabarnomaga qo‘shimcha izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, unda maktablar o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emasligi (boshlang‘ich sinf xonalaridan tashqari) ma’lum qilingan edi.
XTVning yangi xabarida vazirlikning maktablarga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq cheklov yuzasidan tegishli xati noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirgan.
“Umumta’lim maktablari hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar mavjud emasligini bildiramiz”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga maktablarda pul yig‘imlari hamda ota-onalarning e’tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida maktab o‘quvchilariga Yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
“Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tatbiq etilganligini ma’lum qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra davlat tashkilotlariga Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangani haqidagi xabar tarqalgan edi, ammo bu boradagi rasmiy xabar e’lon qilinmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0