Migratsiya

Migrantlarni almashtirish boʻyicha yangi taklif: endi qurilish maydonlariga kimlar jalb etiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Migrantlar oʻrniga qurilish maydonlarida ishlash uchun unchalik boy boʻlmagan hududlardan rossiyaliklarni jalb qilish kerak - Valeriy Fadeyev.
TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Migrantlar oʻrniga qurilish maydonlarida ishlash uchun unchalik boy boʻlmagan hududlardan rossiyaliklarni jalb qilish kerak, deb aytdi Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyada migrantlar oʻrtasida kadrlarni tashkillashtirilgan tanlov tizimi oʻz samaradorligini koʻrsatdi. Mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirish uchun ham xuddi shunday mexanizm yaratish kerak.
"Millionlab mehnat migrantlarga xizmat qiluvchi kuchli tizim mavjud. Rossiya hududlarida ishga yollash tizimiga oʻxshash narsa yoʻq. Uni yaratish kerak", - dedi Fadeyev.
Bu Rossiya hukumatining koronavirus pandemiyasi tufayli qurilish obʼyektlarida kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilishga qaratilgan birinchi tashabbusi emas.
Ilgariroq Federal jazoni ijro etish xizmati migrantlarni mahbuslar bilan almashtirishni taklif qildi. Adliya vazirligi va Tergov qoʻmitasi bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.
Oʻz navbatida Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin pensionerlarni jalb qilish taklifi bilan chiqdi.
Ijtimoiy tadqiqotlar va fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish instituti esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari talabalarini qurilish loyihalariga jalb qilishni taklif qildi.
Bu nafaqat ishchi kuchi tanqisligini toʻldiradi, balki yangi bitiruvchilarga oʻz kasbiy faoliyatini yaxshiroq oʻzlashtirishga yordam beradi.
Bundan oldin Rossiya Davlat Dumasi axborot siyosati, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari qoʻmitasi raisi Aleksandr Xinshteyn Sputnik’ga bergan intervyusida
Moskva hukumatining uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida migrantlar mehnatidan foydalanishni kamaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Siyosatchi asosiy ustuvorlikni pandemiyadan keyin ishga muhtoj boʻlgan Rossiya fuqarolariga berish kerak, deb hisoblaydi. Biroq, Moskva va hududlarda MDHdavlatlaridan yuqori malakali kadrlariga talab yuqori.
“Bizga barcha soha va yoʻnalishlarda malakali mutaxassislar kelishini istardik: shifokorlar, muhandislar, sanoatchilar, qishloq xoʻjaligi xodimlari, IT -mutaxassislar”, - deb tushuntirdi Xinshteyn.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala