Jamiyat

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yana chang boʻroni kuzatilishi mumkin

© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Sinoptiklar xabariga koʻra, 21 dekabr kuni mamlakat hududlarida kuchli shamollar va Turkmaniston tomondan chang boʻronlari kirib keladi.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Oʻzgidromet 21 dekabr kuni ayrim hududlarda chang boʻroni kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Sinoptiklar xabariga koʻra, 21 dekabr kuni mamlakat hududlarida kuchli shamollar hamda Turkmaniston chegara hududlaridan chang boʻronlari kirib kelishi kutilmoqda.
Shu kuni shamol tezligi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida esa 17-22 metr/sekundgacha, baʼzi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Shu sababli Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning choʻl hududlarida chang boʻroni va gʻuborlar kuzatilishi mumkin.
19 dekabr kuni Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli shamol va changli boʻron kuzatilgan edi.
Mavzuga oid:
Chang miqdori eng yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni salomatlik uchun qanchalik xavfli
Oʻzbekistondagi chang boʻroni kosmosdan qanday koʻrindi
Oʻzbekistondagi chang Arabiston changidan nimasi bilan farq qiladi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala