Jamiyat

Qanday mayonez foydali

© Pixabay/HansSousы
Sousы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Odatda diyetologlar mayonezni zararli mahsulot deya, tavsiya qilmaydi. Biroq, ushbu mashhur sous foydali boʻlishi ham mumkin. Uy sharoitida qanday qilib zararli qoʻshimchalarsiz mayonez tayyorlash mumkin - bizning materialimizda oʻqing.
Mayonezning zarari haqida soʻz ketganda, shifokorlar faqat doʻkondan xarid qilingan mayonezni nazarda tutadi. Chunki, uning tarkibida konservantlar mavjud. Uyda tayyorlangan mayonez (aytish joiz, uni tayyorlash oson) aksincha, foydali boʻlishi mumkin - uning tarkibida kaloriyalar ikki barobar kam boʻladi.
Avvalombor, tabiiy mayonez tarkibiga kiruvchi tuxum sarigʻi teriga yaxshi taʼsir koʻrsatadi, uning elastikligini oshiradi. Oʻsimlik yogʻlari esa yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish xususiyatiga ega boʻlgan toʻyinmagan yogʻ kislotalariga ega.
Bundan tashqari, tabiiy mayonezda YE va F vitaminlari mavjud. Ushbu vitaminlar metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Yaʼni bunday mayonez qomat uchun zararli emas.
Uy sharoitida mayonez tayyorlash uchun esa koʻp vaqt kerak boʻlmaydi.

Masalliqlar:

tuxum – 3 dona;
dijon xantali (gorchitsasi) – 20 g;
zaytun yogʻi- 150 gr;
oʻsimlik yogʻi- 150 gr;
limon sharbati- 30g;
tuz- 3 gr;
shakar- 20 g.

Tayyorlanishi:

Barcha mahsulotlarni tayyorlab qoʻying, tuxum sovuq holda boʻlishi kerak.
Oʻsimlik va zaytun yogʻlarini aralashtirib oling.
Chuqur tovaga tuxumlarni chaqing, gortsicha, limon sharbati, tuz, shakar qoʻshing. Masalliqlar oppoq rangga kirguncha va hajmi 2 barobar koʻpayguncha, blender bilan yaxshilab aralashtirib oling.
Blender bilan aralashtirishni toʻxtatmagan holda yogʻlarni ham qoʻshib boring.
Foydali mayonez tayyor!
Tabiiy mayonezni bir necha kundan ortiq saqlash mumkin emas, chunki uning tarkibida tez ayniydigan mahsulotlar bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala