Jamiyat

Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?

© pexels/Viktoria SlowikowskaPlodoovoщnaya produktsiya
Plodoovoщnaya produktsiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Sogʻlom ovqatlanish boʻyicha mutaxassis uzoq umr koʻrish uchun qanday mahsulotlarni ratsionga kiritish haqida soʻzlab berdi.
Vitaminlar va sogʻlom turmush tarzi-uzoq umr garovi. Toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida oʻz tavsiyalarini berdi.

“Uzoq umr koʻrish va salomatlik uchun men zaytun yogʻi, yogʻli baliq, avokado, yongʻoq va urugʻlar kabi foydali yogʻlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilaman”, deydi u.

Sogʻlom yogʻlar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yogʻi, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda boʻladi.
Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy boʻlgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qoʻshishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya taʼqiladi u.
Ekspert tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yogʻlari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) oʻsimlik yogʻlarini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.
Rafinatlangan yogʻlar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yogʻ asosan kimyoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qoʻshimcha toza zaytun moyiga almashtirgan maʼqul.
Ekspertning taʼkidlashicha, koʻproq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni isteʼmol qilish va koʻp miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala