Dunyoda

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi

© Foto: Minzdrav KazaxstanaMinistr zdravooxraneniya Kazaxstana Aleksey Tsoy
Ministr zdravooxraneniya Kazaxstana Aleksey Tsoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Bir yarim yil Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri boʻlib ishlagan Aleksey Tsoy ishdan boʻshatildi.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Tsoyni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Davlat rahbari farmoni bilan Tsoy Aleksey Vladimirovich Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilindi”, - deyilgan xabarda.
Sputnik Qozogʻiston xabariga koʻra, Aleksey Tsoy sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan oʻz xohishiga koʻra ketgan.
“Ha, oʻz xohishiga koʻra. Boshqa xizmatga oʻtishi munosabati bilan”, - deya maʼlum qilishgan mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligida.
Sobiq vazir qaysi lavozimni egallashiga oydinlik kiritilmagan.
Tsoy ushbu lavozimga 2020 yil 25 iyunda Yeljan Birtanov oʻrniga tayinlangan edi. Birtanov oʻshanda koronavirusga chalingani sababli oʻz lavozimidan olingan. Tsoy vazirlik lavozimiga tayinlangunga qadar prezident ishlari boshqarmasi tibbiy markaziga rahbarlik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala