Kolumnistlar

Rossiyaning Gʻarbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima boʻladi?

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na Pokrovskiy sobor
Vid na Pokrovskiy sobor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Mana uzoq yillardan buyon Rossiyada quyidagi siyosiy mem ommalashgan: “Biz prezidentni u oʻta Putin boʻlgani uchun emas, balki yetarlicha Putin boʻlolmagani uchun tanqid qilamiz”.
Buning maʼnosi yaqqol koʻzga tashlanadi – milliy rahbarning siyosatini qoʻllab-quvvatlagan holda, Rossiya fuqarolarining koʻpchiligi, koʻp xollarda uning qattiqqulroq, qatʼiy va keskinroq boʻlishini xohlashadi.
Putinga xos vazminligi, qarorlarni bosqichma-bosqich qabul qilish va kompromiss izlash, kezi kelganda doʻq-poʻpisa qilishga toʻgʻri kelgan vaziyatlarda oʻzini oʻzini tuta bilishi hurmatga sazovor, biroq shu bilan birga bu, maʼlum kuchlar tomonidan kuchsizlik, baʼzida esa xattoki millat manfaatlariga nisbatan xiyonat, deb sanaladi. Ayniqsa bu tashqi siyosat bilan bogʻliq boʻlganda, oʻtavatanparvarlar fikriga koʻra, Rossiya prezidenti koʻp yillar davomida kechirib boʻlmas yumshoqlik va ikkilanishga yoʻl qoʻymoqda.
Yaxshiyamki, Putinning bunday yondashuvini oqilonaligi va strategik toʻgʻriligini mamlakat fuqarolarining koʻpchiligi tushunishadi. Biroq Moskva kutilmaganda vazmin ritorikadan voz kechib, u yoki bu demarsh qilsa, oqibatda har qanday vaziyat - asabiylashishga majbur qiladi – shuning uchun bu har doim oʻta oddiy vaziyatlarning belgisi, buning ortida kutilmagan voqealar va tub oʻzgarishlarni kutish mumkin.
Oʻtgan jumada Rossiya aynan shunday qildi – Tashqi ishlar vazirligining AQSH va NATO bilan ommaga eʼlon qilingan shartnoma loyihalari borasida ekspertlarning izohlarida “qizil chiziq” va xattoki “ultimatum” kabi iboralar muntazam uchrab turishi bejiz emas, baʼzi intonatsiyalarda esa ikkilanish va vahima sezilmoqda.
Bekorga emas. Rossiya davlati undan istashgan - ayrim siyosiy kuchlar esa hatto koʻp yillar davomida talab qilgan narsani qildi. Biroq bu qadam tashqi siyosatimiz anʼanaviy chizigʻiga ziddirki, bu gʻayrioddiy narsa sodir boʻlayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Gap harbiy masalalar haqida ketgani uchun kuchanish va asabiylashishga sabablar yanada koʻpayadi.
Vaziyat qariyb sakkiz yil davomida Rossiyaning Gʻarb bilan munosabatlari bir qator keskin inqirozlarga uchragani bilan yanada ogʻirlashtirmoqda. Moskvani turli vaziyatlarda gunohkor sifatida koʻrsatuvchi zaharli tashqi siyosat muhitining chiyillagan ayblovlarga shunchalar oʻrganib qolindiki, davlat rahbariyati nima uchun shu vaqtda aynan shunday yoʻl tutilganini kechroq tushuntirishga toʻgʻri keladi.
Gʻarbda bizning davlatni Ukrainaga nisbatan agressiv yoʻl tutayotgani xaqidagi media-siyosiy dod-voyi sabablarini nima uchun yarim yil avval tushuntirilmadi. Nima uchun Skripal ishidan soʻng yoki Donbass osmonida urib tushirilgan “Boing” yoki bizning Siriyada kimyoviy xujum uyushtirishda ayblaganda emas? Nima uchun hozir? Nima oʻzgardi va yana nimani kutish kerak?
Albatta bu savolga javob koʻp qatlam va turli jihatlar (nuqtai nazar)ga ega.
Biroq, bu gal hal qiluvchi omil Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar, balki, koʻproq siyosiy emas, iqtisodiyot bilan bogʻliq boʻlgan jahondagi vaziyat ham asosiy faktorga aylandi. Chunki AQSH va uning yevropalik ittifoqdoshlarining global ustunligi, iqtisodiyot sohasiga yoʻnalishga qaratilgan - ular ushbu tizimning asosiy yoʻlboshchilari hisoblanishadi, undan ularning hissasiga nomutanosib bonuslar olishadi.
Shunday qilib, ehtimol oʻtayotgan 2021 yilning asosiy voqeasi – bu sayyoraga yopirilib kelayotgan global krizisning ochiq fazasiga oʻtish boʻldi, shu oʻrinda uning kengayishi Gʻarbning oʻzida boshlangan.
AQSH va Yevropa davlatlarining moliyaviy va tartibga solish tuzilmalari endi oʻz fuqarolarini yuqori inflyatsiya qisqa muddatli va tez orada hamma narsa normal holatga qaytishiga ishontirmayapti. Ishlab chiqarish va logistika zanjirlari uzilmoqda, koʻplab pozitsiyalar boʻyicha tovar tanqisligi hayotning kundalik qismiga aylanmoqda. Energetika inqirozga bilan qoplanmoqda, energiya resurslarning narxlari esa rekord oʻrnatmoqda, bu esa fuqarolarning hamyoniga tobora koʻproq taʼsir qilmoqda. Qishloq xoʻjaligi mutaxassislari oʻgʻitlarning keskin tanqisligi sababli yangi yilda global oziq-ovqat inqirozining boshlanishi haqida dahshat bilan bashorat qilmoqda. Dunyoning yirik fond bozorlarida ulkan pufakchalar shishirilgan. Muammolar roʻyxatini uzoq vaqt davom ettirish mumkin.
Baʼzida sodir boʻlayotgan hodisalarda hayratlanarli narsaning oʻzi yoʻq degan fikr eshitiladi - axir tsiklik tanazzullar (retsessiya) iqtisodiy hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, 1970 yillar Gʻarb uchun iqtisodiy jihatdan juda qiyin boʻlgan, oʻsha paytda yillar davomida yuqori inflyatsiya bilan yashagan - bu koʻrsatkichlarga, aytmoqchi, hali erishilgani yoʻq. 2008-2009 yillardagi inqiroz davrida dollarning muqarrar qulashini bashorat qilgan "kassandralar"(mifologik podishoh, sarkarda) yetarli edi, ammo hamma narsa ozmi-koʻpmi muvaffaqiyatli hal qilindi.
Standart vaziyatda bu dalillar haqiqatan ham taʼsirli boʻlar edi.
Ammo muammo shundaki, biz mutlaqo nostandart vaziyatda yashayapmiz: global iqtisodiy tizim oʻzining normal formatdagi rivojlanish imkoniyatlarini toʻliq tugatdi. Endi har yili, har oy va hatto har kuni status-kvoni saqlab qolgan holda, Gʻarb asosiy foyda oluvchi sifatida favqulodda choralarga murojaat qilishi kerak. Ulardan asosiysi 2008-2009 yillardagi inqirozni yengish va Gʻarb markazlashgan tizimning yemirilishini kechiktirish (lekin bekor qilmaslik) uchun boshlangan miqdoriy yumshatish siyosati edi. Bundan tashqari, iqtisodchilar orasida keng tarqalgan fikr - bu Gʻarb bu qadam bilan nafaqat muqarrarlikni kechiktirdi, balki undan ham kattaroq halokatli kelajakni kafolatladi.
Darhaqiqat, yuqori inflyatsiya va yuqorida aytib oʻtilgan boshqa muammolar jahon iqtisodiyotiga kirib kelgan va hech narsa tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydigan ulkan pul massasi Yevropa va AQShning tartibga soluvchi organlari nazoratidan chiqib ketayotganidan dalolat bermoqda. Vaziyat hozirda masʼul tuzilmalarning maʼmuriy choralarini eʼtiborsiz qoldiradigan oʻziga xos mantiqqa muvofiq rivojlanmoqda.
Agar shunday boʻlsa, Rossiya (shuningdek, Xitoy va jahon tizimini oʻzgartirishga harakat qilayotgan boshqa kuchlar) ikki tomonlama vazifaga duch keladi. Bir tomondan, ularga nisbatan bosimni kuchaytirish orqali AQShni global taxtdan agʻdarishni tezlashtirish uchun imkoniyatlar oynasi ochilmoqda. Negaki Gʻarbning zaiflashuvi anchadan beri davom etayotgan boʻlsa-da, oʻzini namoyon qilgan inqiroz hodisalari jarayonning sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat beradi, yaʼni imkoniyatdan foydalanmaslik tentaklik.
Bu muhim, chunki biz tomonimizdan aslida milliy iqtisodiyotning uzluksiz ishlashi va boshqa davlatlar bilan aloqa qilish uchun zarur boʻlgan muqobil-strategik mexanizm va protseduralarni yaratish jarayoni yakunlandi. Bu tovarlar ishlab chiqarish, mablagʻlarni harakati, pul hisob-kitoblari, axborotni tarqatish, manfaatlarni muvofiqlashtirish va boshqa narsalar.
Boshqa tomondan, hozirgi pozitsiya xatarlarni, shu jumladan harbiy tahdidlarni keskin oshiradi, axir maʼlumki, burchakka taqalgan hayvon ayniqsa xavfli boʻladi. Gʻarbiy elitaning tanazzulini hisobga olgan holda, ularning aksariyati hech qachon shaxsan qattiq qiyinchiliklarga duch kelmagan va silliq kabinet karyeradan boshqa hech narsani bilmaydi, ochigʻi ular tomonidan noadekvat yechimlar va qadamlarni istisno qilib boʻlmaydi.
Agar Moskva tashabbuslari shu nuqtai nazardan koʻrib chiqilsa, AQSH va NATO bilan shartnomalar loyihalari, shuningdek, rasmiylarimizning bayonotlari birdaniga ikkala vazifani hal qilishga qaratilgani ayon boʻladi.
Birinchidan, aslida va shaklida ular munozaralar uchun taklif emas, balki haqiqatda ultimatum – shart qoʻymasdan taslim boʻlish talabi. Ular shunchaki Gʻarbga yaxshi yechimni anglatmaydi - magʻrurlik bilan mahkam turish va oxir-oqibat Rossiya bilan urushni boshlash. Qanday irgʻitishlar u tomondan boshlanganiga qaraganda, uni anglab yetishmoqda.
Ikkinchidan, bu harbiy muammolarning maksimal eʼtiborini va Moskvaning siyosiy rasmiy ravishda adovatli ritorika Rossiya voqealarning har qanday rivojlanishiga – ham axloqiy, ham texnik ham boshqa maʼnolarda tayyor. Oʻtgan yillarda qoʻlga kiritilgan obroʻsi ruslar uzoq kutirmay - qurolni qoʻllaydi - agar ular buni zarur deb hisoblasalar.
Bu yerda Putinning soʻzlarini eslatish zarur, agar Rossiya yozda Qrim qirgʻogʻida fitna uyushtirgan Britaniya harbiy kemasini choʻktirganda hech qanday keng koʻlamli oqibatlarni olib kelmasdi: global matbuotda dod-faryodni hisobga olmaganda. Shubhasiz, gʻarb bosh shtablarida hozir NATOning harbiy obʼyektlari Rossiya chegaralari yaqinida operatsiyalar rejasini tuzishmoqda, agar Moskvada biron narsa Rossiyaga qarshi deb fitna deb topilsa, “chora koʻriladi”, hech qanday casus belli bu boʻlmaydi – ammo alyans u yerda dumini qisib, qochishga majbur qiladi.
Umuman olganda Rossiyaning qatʼiy bosimi Gʻarbdagi “issiq boshlar”ni sovutishga qaratilgan, shubhasiz, ularning boshlariga shubhasiz mamlakatimizga qarshi harbiy usullarni qoʻllagan holda – Rossiya hisobidan, global inqirozni yengish uchun ajoyib usul degan fikr keladi, bu oʻtgan asrdagi birinchi va ikkinchi jahon urushlari natijalari boʻlgani kabi.
Yoʻq, bu safar Gʻarb oʻzi buning uchun haq toʻlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala