Shamol, yomg‘ir, harorat pasayishi: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

© Pixabay / Anrita1705 Zont, illyustrativnoe foto
Zont, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Hafta davomida O‘zbekiston hududlari bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Bugun kunduz kuni respublikaning katta qismida iliq va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +10...-+15... daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.
21 dekabrda respublika hududining katta qismida ob-havo sharoiti saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga kunduz kuni va janubi-g‘arbiy hududlarga kechga tomon Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib kelishi boshlanadi, ushbu hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi +0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni +15...+18 daraja iliqqacha ko‘tariladi, shimolda +7...+12 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
22 dekabrda kirib kelish sharqqa tomon siljiydi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
21-22 dekabrda sovuq havo kirib kelishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet yaqin kunlarda shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
23-24 dekabrda hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning shimolida ob-havo sharoiti yana o‘zgaradi. Ushbu hududlarga Volga bo‘yi hududlaridan antisiklon kirib keladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Havo harorati kechalari +0...+5 daraja iliq, kunduzi 23-dekabrda +8...+13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
24 dekabrda harorat respublika bo‘yicha +5...+10 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda esa +0...+5 daraja iliqgacha pasayadi.
Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0