Sport

Toshkent karate boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

© Press-slujba NOK UzbekistanaUzbekistanka zavoyevala bronzu po karate na yunosheskoy Olimpiade
Uzbekistanka zavoyevala bronzu po karate na yunosheskoy Olimpiade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qitʼa chempionatini qabul qiladi.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Toshkent shahrida 2022 yilda barcha yosh toifalaridagi karate boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu haqda Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo karate federatsiyasining konferentsiyasida maʼlum qilingan. Unda Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos, Osiyo karate federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Alam Mullayev ishtirok etgan.
“Ushbu tadbir kun tartibidan kelasi yil oʻtkaziladigan qitʼa chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatni aniqlab olish masalasi oʻrin olgan edi. Ahamiyatlisi, unda Toshkent shahri kelasi yil barcha yosh toifalaridagi qitʼa chempionatini qabul qiladigan boʻldi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, avvalgi mezbon davlatlar oʻz yurtlaridagi epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olisholmaydi.
Oʻzbekistonlik karatechi WKF boʻyicha jahon chempioni boʻldi
Chempionat qaysi sanalarda oʻtkazilishiga aniqlik kiritilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent 2019 yil iyul oyida kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini qabul qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala