Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

© Foto: t.me/u_dnaV Tashkente na xodu zagorelsya passajirskiy avtobus
V Tashkente na xodu zagorelsya passajirskiy avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Uchtepa tumanida 125-yo‘nalishda harakatlanayotgan "Mercedes-Benz" avtobusi yonib ketdi.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Mercedes-Benz” avtobusida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 20-dekabr kuni soat 07:50 da Farhod ko‘chasida O‘rikzor-Do‘mbirobod 125 yo‘nalishida ro‘y bergan. Harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqqan. Avtobusning motor qismi yonib zararlangan.
Tuman FV bo‘limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borgan va yong‘in soat 08:00 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent markazida ikkita mashina yonib ketdi
Eslatib o‘tamiz, 14-dekabr kuni Sergeli tumani “Do‘stlik-1” dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0