“UzAirways” talabalar uchun chiptalarga 50 foiz chegirma beradi

© Sputnik / StringerTorjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente
Torjestvennaya vstrecha novogo Boeing 787 Dreamliner v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
28 dekabrdan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar talabalar chiptalarni 50 foizli chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun mahalliy reyslarga bayram chegirmalari taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yilning 28-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar talabalar chiptalarni 50 foiz chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Chegirma barcha aviachiptalar uchun faqat ekonom-klass tariflarida amal qiladi va o‘z shahridan uzoqda joylashgan oliy o‘quv yurtlarida kunduzgi bo‘limda tahsil olayotgan talabalarga taqdim etiladi.

Chegirmali aviachipta olish uchun, yo‘lovchi talabalik guvohnomasi va oliy o‘quv yurti dekanatidan ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0