“UzAuto Motors” qator avtomobillarni sotish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi

© Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane

AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-yanvargacha “Nexia”, “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilish to‘xtatiladi.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasi bugundan eng xaridorgir avtomobillarni sotish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, butun dunyo bo‘ylab yarim o‘tkazgichlarni yetkazib berishda uzilishlar global avtomobil sanoatida uzoq davom etgan inqirozga olib kelgan. “UzAuto Motors” ham bundan mustasno emas.

“2021 yil 20-dekabrdan 2022-yil 1-fevralgacha “Nexia”, “Spark”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatib, barcha kuch-g‘ayratimizni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Kompaniya bu qarorni qabul qilish uchun oson bo‘lmagani, ammo hozirgi sharoitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zining ustuvor vazifasi deb bilishini qayd etgan.
“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi
Avvalroq “UzAuto Motors” noyabr va dekabr oylarida yetkazilishi kerak bo‘lgan avtomobillar bo‘yicha muddatni yana 2 oyga uzaytirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0