“Bu uyimiz ostonasida!” - Putin amerikaliklarning Ukrainadagi harakatlari haqida

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
AQSh go‘yoki o‘z xavfsizligini ta’minlash yo‘lida so‘nggi yillarda xohlagan narsani qildi - Putin.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. AQSh go‘yoki o‘z xavfsizligini ta’minlash yo‘lida so‘nggi yillarda xohlagan narsani qildi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida.
o‘z chegaralaridan minglab kilometr uzoqlikda ular Yugoslaviyani bombardimon qilishdi. Bu BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyasisiz amalga oshirildi. Yevropa poytaxtiga zarba berish huquqini kim berdi? Hech kim. Ular shunchaki shunday qaror qilishdi, satellitlar ularning orqasidan yugurib, bu harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdi.
keyin ommaviy qirg‘in qurollarini qidirish bahonasida Iroqni vayron qilishdi. Ammo u yerda hech narsa topishmadi.
AQShning Suriyaga bostirib kirishi ham BMT ruxsatisiz amalga oshirildi.
Biroq endi ular Ukrainaga kelishdi. Bu Rossiyaning ostonasida. AQSh shunchaki chekinadigan joyimiz yo‘qligini tushunishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0